Mourino tanqid qilgan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?

  • 1 oktabr, 2021, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” UEFA Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turida Ukrainaning “Zarya” jamoasi maydonidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Kutilganidek, Joze Mourino Eldor Shomurodovga boshlang‘ich tarkibdan joy berdi va Temmi Abraxamni zaxirada qoldirdi.

Eldor Shomurodov harchand urinmasin yana o‘zini ko‘rsata olmadi. Uchrashuvdan so‘ng portugaliyalik murabbiy o‘zbek hujumchisi o‘z imkoniyatidan past darajada o‘ynaganini ta’kidladi.

Italiya futbolini yorituvchi www.calciomercato.com  sayti Luganskdagi bahsda maydonga tushgan fubolchilarning o‘yinini baholadi.

Ruy Patrisiu, 6 ball: 

Portugaliyalik darvozabon himoyachilardan biri Marash Kumbula bilan bir birini tushunishi juda qiyin bo‘ldi. Bu ko‘p jihatdan albaniyalik himoyachining asosiy tarkib o‘yinchisi emasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ruyga Kris Smollingni orqaga pas berishi ham yoqmadi. Tajribali darvozabon yuqoridan oshirilgan to‘plarga chiqishda yaxshi o‘ynadi va bir bor jamoasini goldan qutqardi.

Rojer Ibanes, 6 ball: “Roma” o‘ng qanotida Rik Karsdorp o‘ynamasa, raqobat kuchayadi. Ibanes bu joy uchun Davide Santon va Brayan Reynoldsni engishi kerak. Uchrashuvda u himoyadan ko‘ra, yarim himoyachi sifatida ko‘proq  harakat qildi.

63768393634881

Kris Smolling, 6,5 ball:

Birinchi taymda zo‘r o‘ynadi. O‘yinning ikkinchi yarmida xato qila boshladi. Ayniqsa, darvozabonga juda noqulay pas oshirdi. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, gol urib, g‘alabani mustahkamladi.

Marash Kumbula, 5,5 ball:

Mourino e’tiboridan chetda qolgan albaniyalik futbolchiga xalqaro uchrashuvda o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berildi. Biroq, uning xatosi “Zarya” vakillarining hisobni tenglashtirishga sabab bo‘lishi mumkin edi. Mezbonlar bundan foydalana olmadi. Ikkinchi bo‘limda Marash  sariq oldi, hatto uning harakati penaltiga ham sabab bo‘lishiga bir bahya qoldi.

Rikkardi Kalafori, 6,5 ball:

Yarim himoyachi bir necha bor xavfli zarbalar yo‘lladi. Faol o‘ynab, yaxshi taassurot qoldirdi.

Ebrima Darbo,  6,5 ball:

Bu futbolchi Mourino ishonchini oqladi. Birinchi golda Stefan El-Shaaraviga aniq pas oshirdi. Portugaliyalik murabbiy uchrashuvdan keyin gambiyalik futbolchining o‘yinidan qoniqqanini aytib, uni maqtadi.

Brayan Kristante, 6 ball:

“Roma” etakchilaridan biriga aylangan italiyalik futbolchi g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi. U Kris Smollingning goliga hammualliflik qildi. Faol o‘yin ko‘rsatdi.

Karles Peres, 5,5 ball:  

Ispaniyalik futbolchi ham “Roma” asosiy tarkibi uchun kurashayotgan hujumchilaran biri hisoblanadi. Biroq, u Luganskdagi bellashuvda boshqalardan ustunligini ko‘rsata olmadi. Bu ketishda asosiy tarkibga kirishi qiyin bo‘ladi.

Lorentso Pellegrini,  6,5 ball:

Jamoa sardori Temmi Abraxam va Nikolo Dzanolo bilan birga rimliklarning asosiy hujum qudratini tashkil qiladi. Ayniqsa, bu uchrashuvda Abraxam va Dzanolo zaxiradan o‘yinga qo‘shilganidan keyin Pellegrinining harakatlari ham ko‘zga ko‘rina boshladi.

Stefan El-Shaaravi, 6,5 ball:

Stefan bu o‘yinda o‘zini ko‘rsata oldi va tezkor gol muallifi bo‘ldi. Oltinchi daqiqada urilgan gol Mourino jamoasiga ustunlikni olib berdi.

Eldor Shomurodov, 5,5 ball:

Shomurodovning golsiz seriyasi davom etmoqda. Avvalgi o‘yinlaridan farqli o‘laroq, bu gal jargovar kayfiyati ko‘rinmadi. Uchrashuvdan so‘ng, Joze Mourino ham o‘zbek legioneri imkoniyatidan past darajada o‘ynaganini ta’kidladi.

Shomurodovning o‘rniga maydonga tushgan Temmi Abraxam yarim soat o‘ynaganiga qaramay,  jamoasining yirik g‘alabasini ta’minlagan gol muallifi bo‘ldi va eng yuqori – 7 ballga loyiq topildi.

461948

Joze Mourino, 6 ball:

Bu galgi raqib u qadar kuchli emasdi. Shu bois, Mourino asosiy tarkibning ayrim o‘yinchilariga dam berdi, asosiy tarkibga da’vogar bo‘lgan bir necha futbolchini nazoratdan o‘tkazib oldi.

Yaxshiboevga Rossiya grandlaridan taklif bo‘lishi kutilmoqda

Mashhur darvozabon Kurtua Yaxshiboev va Tillga tan berdi: Gollarning ijrosi mukammal edi!

Shomurodov bugun “Roma”ga g‘alaba keltirishga tayyor, Mourino esa bu oson emasligini aytdi!

Konferentsiyalar ligasi. Mourino bugun Abraxam o‘rniga Shomurodovni o‘ynatmoqchi!

“Real”ni nokaut qilgan qahramonlar – Polsha ishonmagan Yaxshiboev, Gretsiyada zaxiraga mixlangan Atanasiadis va Rossiyada so‘nib qolgan Till!

Xarakteri juda og‘ir Yaxshiboev nega katta pullardan voz kechgan yoxud uni Shomurodovga tenglashtirsa bo‘ladimi?

Mourinoga butsamni otib yubordim!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
01/10/2021 21:26
Жозе Маур Темми Абраҳам келгач Элдорни заҳирага ўтказиб, унинг шаштини, иштиёқини пасайтирди. Абраҳам келгунича Элдор ҳар ўйинда голлар уриб, ассистлар муаллифи бўлиб турганди. Аблаҳ Жозе маур. Айб мураббийда.
Ulugbek Nevajno
01/10/2021 19:51
Легионерларимиз фаолиятига кизикадиганла буса Uzbekistan Legioners телеграм каналини маслахат бераман, уйинлани силкаларигача жойланади