
Mourino xafsalani pir qildi!
“Budyo-Glimt” bosh murabbiyi Xetil Knutsen UEFA Konferentsiyalar ligasi chorak final birinchi uchrashuvida “Roma” murabbiylar shtabi vakili – darvozabonlar murabbiyi Nunu Santush bilan bo‘lgan janjaldan keyin o‘tkir fikr bildirdi.
Norvegiyaliklar bosh murabbiyi raqib jamoa murabbiyiga tashlanganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Roma” sardori Lorentso Pellegrini ma’lumot bergan.
- Bu noxush vaziyat cho‘qqiga chiqdi va men o‘zimga bu kasbni qachongacha davom ettirishim haqida savol bera boshladim. Bu mening qadriyatlarimdan ancha uzoq holat. Bu muammoga echim topishda yaxshilab bosh qotirishim kerak bo‘ladi. Chunki eng muhimi, o‘zimga chetdan xotirjam kuzatgan holda baho berishimdir.
Bir qarorga kelganimdan keyin kasbimni qanday davom ettirish masalasini hal qilishim kerak. Joze Mourinoning hayotiy qadriyatlari va ish uslubi mening tushunchalarimdan ancha uzoq ekan. Bu mening xafsalamni pir qildi va hayratga soldi, - dedi Xetil Knutsen.
Murabbiylar jazolanadi
“Budyo-Glimt” va “Roma” o‘rtasidagi Norvegiyadagi uchrashuvdan keyin ikki tomon murabbiylari o‘rtasida yuz bergan mojaro bo‘yicha UEFA qaror chiqdi.
Unga ko‘ra, “Roma” darvozabonlar murabbiyi Nunu Santush va “Budyo-Glimt” bosh murabbiyi Xetil Knutsen maydonda vaqticha o‘z vazifasini bajarishdan chetlatilgan.
Bu holat UEFA mutasaddilari mojaro bo‘yicha tergov ishlarini tugatib, murabbiylar xatti-harakatini to‘liq baholamagunicha davom etadi.
Jamoalarning birinchi uchrashuvida norvegiyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. Endi javob o‘yini 14 aprel kuni Rimda o‘tkazilishi kerak. UEFA sanktsiyalariga tushgan har ikki murabbiy “Olimpiko”dagi bellashuvda qatnasha olmaydi.
“Roma”ga yangi hujumchi kerak
“Sassuolo” hujumchisi Hamid Traore A Seriya doirasidagi uchrashuvda “Atalanta” darvozasiga ikkita gol urganidan keyin grand klublarning e’tiborini o‘ziga jalb qila boo‘ladi.
Ayni paytda bu forvardga “Roma” qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Milan” ham iste’dodli o‘yinchini nishonda ushlab turibdi.
Ivuarlik futbolchi “Empoli” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021 yil yozda “Sassuolo”ga ko‘chib o‘tgan 22 yoshli o‘yinchining yangi qirralari ochilmoqda. Dastlab, hujumkor yarim himoyachi sifatida to‘p tepgan Hamid keyinchalik har ikki qanot hujumchisi vazifasini ham o‘zlashtirdi va juda samarali o‘ynay boshladi.
Universal futbolchi joriy mavsumda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol va to‘rtta assist qayd etdi.
Uning “Sassuolo” bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Transfer narxi 22 million evroga baholanyapti.
“Roma”da o‘ynolmagan hujumchi “Real”ni orzu qilmoqda
Shomurodov gol urolmagan o‘yindan so‘ng Mourino nega uzr so‘radi?
Shomurodovning ustozi Gvardioladan zo‘r!
Shomurodovni kutyapmiz!
Shomurodov pressingni bopladi, lekin...
Mourinoning nega jahli chiqdi yoxud u bugun Shomurodovni o‘ynatadimi?
O‘zbek legioneri maydonga qaytib, hammasini joy-joyiga qo‘yishi kerak!
O‘zbek futbolchisini Evropada e’tirof etishdi
“Roma”: Bu futbolchi endi o‘ynamaydi! Mourino kim haqida gapirdi?
“Roma” hujumchisi bo‘yicha kutilmagan vaziyat yuzaga keldi!
Fikrlar