
Muammolarim sababchisi Mourino bo‘ladi!
“Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba jamoadan ketadigan ko‘rinadi. U yakunlanib borayotgan shartnomasini uzaytirmaydi. Frantsiyalik futbolchi Manchesterdagi faoliyati o‘zi kutganichalik chiqmaganini va bunda ayni paytda “Roma”ni boshqarayotgan Joze Mourinoning ta’siri borligini ta’kidladi.
- Men Frantsiya terma jamoasida o‘ynayman va o‘zimning rolimni juda yaxshi bilaman. Murabbiyning va jamoadoshlarimning ishonchini to‘liq his qilaman. Shularni inobatga olsak, “Manchester Yunayted” bilan katta farq borligi yaqqol sezaman. “Manchester Yunayted”dagi kabi o‘z pozitsiyangni tez-tez almashtirsang, o‘yin uslubi va jamoadoshlar yangilanaversa, barchasi murakkablashib, qiyinlashib ketadi.
Men bosh murabbiy bilan yaxshi chiqishaman, lekin “Manchester Yunayted”da o‘rnim bormi yoki yo‘q, bunga javobim yo‘q.
Ochig‘ini aytsam, so‘nggi besh mavsumda o‘zimdan qoniqqanim yo‘q. Bu mavsum ham hech nima yuta olmaymiz. “Manchester Yunayted” bo‘ladimi yoki boshqa klubmi, men sovrinlar yutishni istayman.
Muammolarim qachon boshlandi? Ular shaxsan Joze Mourinodan boshlandi. Ilgari bunday holatga tushmaganman. Shuning uchun o‘zimdan o‘zim “men aybdor edimmi?” deb ko‘p so‘rayman, - dedi Pol Pogba.
Ma’lumki, Joze Mourino 2016-2018 yillar davomida “Manchester Yunayted”ni boshqargan. O‘sha paytda portugaliyalik mutaxassis bir necha futbolchilar, xususan, Pol Pogba bilan ham ziddiyatga bor edi. O‘shanda frantsiyalik futbolchi “Manchester Yunayted”dan ketishga harakat qilgan, oxir-oqibat Joze Mourino iste’foga chiqarilgan edi.
Abraxam – katta mahorat sohibi!
“Roma”ning afsonaviy hujumchilaridan biri Vinchentso Montella “Roma” va “ Latsio” o‘yinidan keyin intervyu berdi. Mazkur bahsda Joze Mourino shogirdlari 3:0 hisobida zafar quchdi.
- Vitsentso, stadionga qaytib, poytaxt derbisini bevosita kuzatib borish qanday ekan?
- Ajoyib. Bir necha fubolga tushmadi va bu gal farzandlarimni stadionga olib kelishga qaror qildim. Hammasi go‘zal.
- Murabbiy sifatida uchrashuvlarga boshqacha qarayapsizmi?
- Albatta. “Roma” yaxshi o‘ynadi: vaziyatlarni to‘liq nazorat qildi, raqibning xatolaridan foydalandi va murabbiyning strategiyasini aniq bajardi.
- “Latsio”ning kamchiliklari natijaga qanchalik ta’sir qildi?
- Dastlabki soniyalardagi gol har holda Sarri jamoasiga yordam bergani yo‘q. Ular goldan keyin o‘yinini yo‘qotib qo‘ydi va oxirigacha tiklana olmadi.
- Abraxamni qanday baholaysiz?
- Men ingliz hujumchisini katta mahorat sohibi sifatida bilaman. Bu gal u hammasini isbotlab qo‘ydi.
Rim derbisi: Antiqa faktlar
Temmi Abraxam “Latsio” darvozasini ishg‘ol qilish uchun atigi 56 soniya sarfladi. Bu A Seriyada Rim derbisidagi eng tezkor gol.
Temmi Abraxam Rim derbisida gol urgan ikkinchi angliyalik futbolchi bo‘ldi. Birinchi Pol Gaskoyn 1992 yilda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan.
“Latsio” o‘z darvozasidan eng tezkor golni 2014 yilda olib chiqqan. O‘shanda “Kataniya” futbolchilari 41-soniyada “Latsio” darvozasini ishg‘ol qilgan. Abraxamning tezkor goli ikkinchi natija sifatida qayd etildi.
Temmi Abraxam chempionatning bir mavsumida urgan gollari sonini 15 taga etkazib, shaxsiy rekordini takrorladi. U 2019-2022 yilgi mavsumda “Chelsi” uchun Angliya premer-ligasida 15 ta to‘p kiritgandi.
Angliyalik hujumchi derbida dubl qayd etgan “Roma”ning ikkinchi o‘yinchisi bo‘ldi. Birinchi dubl 2015 yilning 11 yanvar kuni Franchesko Totti hisobiga yozilgan.
Fikrlar