Mundialdagi raqibimiz yulduzi o‘yinlardan chetlatilishi kutilyapti
2026 yildagi AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining final bosqichiga tayyorgarlik doirasida Portugaliya va Chili terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bahs Portugaliyadagi “Eshtadiu Nasional du Jamor” stadionida o‘tkazildi. Uchrashuvni shveytsariyalik hakam Luka Tsufferli boshqarib bordi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi hisobni 58-daqiqada portugaliyaliklar hujumchisi Gonsalu Gedesh ochdi. Maydon sohiblari yarim himoyachisi Brunu Fernandes 75-daqiqada jamoasi ustunligini ikki golga yetkazdi.
90+2-daqiqada chililiklar hujumchisi Lukas Sepeda bir gol urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:1.
Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi birinchi bo‘lim oxiriga to‘g‘ri yeldi. Jamoalar 45+2-daqiqada bir nafar futbolchisini yo‘qotdi.
Qanot chizig‘i yaqinidagi to‘qnashuvdan keyin kelib chiqqan janjal sababli Portugaliya hujumchisi Rafael Leau va Chili himoyachisi Ivan Roman maydondan chetlatildi. Leau raqibining bo‘ynidan ushlab, yuziga zarba bergan.
Bu vaziyat Rafael Leauga qimmatga tushishi mumkin. FIFA ayni paytda Portugaliya terma jamoasi hujumchisini qo‘shimcha ravishda jazolashi kutilyapti, deb xabar bermoqda Goal.
Odatda, o‘rtoqlik uchrashuvida olingan qizil kartochka keyingi o‘rtoqlik o‘yinlariga diskvalifikatsiya bilan cheklanadi va rasmiy bahslarga ta’sir qilmaydi. Biroq Leau o‘ta qo‘pol harakat uchun maydondan chetlatilgani sababli, FIFA Intizom qo‘mitasi jazoni rasmiy o‘yinlarga ham tatbiq etadigan bo‘lyapti.
Agar yuqori sport tashkiloti Leauni jazolashga qaror qilsa, mohir hujumchi 11 iyun kuni boshlanadigan jahon chempionatining dastlabki uchrashuvlarini o‘tkazib yuborish xavfi ostida qoladi.
Portugaliya jahon chempionatida K guruhida ishtirok etadi. U yerda ularning raqiblari Kongo Demokratik Respublikasi, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari bo‘ladi.
Kriştianu Ronaldu boshchiligidagi jamoa guruh favoriti hisoblanadi. Score90 statistika markazi yaqinda “K” kvartetidagi terma jamoalarning guruhda g‘olib chiqish imkoniyatini baholadi. Unga ko‘ra, portugaliyaliklarning ustunligi 64 foizga baholandi.
Kolubiya terma jamoasining guruh bosqichidagi g‘alabasiga 28 foiz berildi. Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilari esa, 5 foiz holatda guruhda birinchi o‘rinni egallashi mumkin.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining “K” guruhida peshqadam bo‘lishiga 3 foiz berildi xolos.
Kolumbiya bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yinga qanday tayyorlanayotganini aytdi
Dahshat! O‘zbekiston “o‘lim guruhi”da o‘ynaydigan bo‘ldi!
Bunaqasi Shomurodov faoliyatida birinchi marta bo‘ldi
“Baka-baka bang, dor o‘ynang”! Mundialda O‘zbekistonga kimlar muxlislik qilishini bilasizmi?
Ana xolos! Mareska Husanovga kuchli raqobatchi olib keladi

Fikrlar