Nihoyat, Husanovni maydonda ko‘ramiz!
Joriy mavsumning birinchi yarmida o‘zi ishtirok etgan uchrashuvlarda yorqin o‘yin namoyish qilgan Abduqodir Husanov ikkita jarohatdan keyin asosiy tarkibdan chetda qolib ketdi.
Keyingi paytda Xosep Gvardiola o‘zbek futbolchisiga muntazam o‘yin amaliyoti bermayapti. Evropa Chempionlar ligasida ham, Angliya Premer-ligasida ham Husanov zaxirada qoldirilmoqda.
Biroq, endi vaziyat o‘zgaradigan ko‘rinadi.
“Manchester Siti” 17 dekabrdan 18 dekabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:30 da Angliya ligasi kubogida “Brentford” bilan kuch sinashadi. “Etixad” stadioni mezbonlik qiladigan uchrashuvda tomonlar yarim final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi.
Britaniyaning nufuzli manbalardan biri – sportsmole.co.uk ekspertlari bo‘lajak uchrashuvda Xosep Gvardiola tarkibda katta o‘zgarish qilishi va zaxirada qolib ketayotgan o‘yinchilarning imkoniyatlarini sinab ko‘rishini ta’kidladi.
- “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola uy stadionida “Brentford”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Angliya ligasi kubogi chorak final bahsida jamoa tarkibini sezilarli darajada qayta taqsimlashi kutilmoqda.
So‘nggi bir necha hafta davomida “shaharliklar” ustozi maydonga, asosan, barqaror tarkibni tushirib keldi va bu taktika barcha musobaqalar doirasida besh o‘yinlik g‘alabalar seriyani ta’minlashda o‘z samarasini berdi.
Ushbu g‘alabalarning beshinchisi va eng so‘nggisi yakshanba kuni qo‘lga kiritildi. Premer-liga bahsida safarda “Kristal Pelas” darvozasiga javobsiz uchta gol urgan manchesterliklar musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni saqlab turibdi.
“Selxerst Park” stadionidagi uchrashuvda o‘tgan o‘yinda ishtirok etgan futbolchilardan faqat besh nafarigina “Brentford” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda ishtirok etishi mumkin.
Rodri (son orqa mushagi jarohati) va Mateo Kovachich (to‘piq jarohati) tarkibda yo‘qligi sababli “Siti”da yarim himoyachilar tanqisligi mavjud va mavsumning katta qismida Niko Gonsalesga asosiy rol yuklatib kelinmoqda.
Ispaniyalik futbolchiga, shubhasiz, dam berish vaqti keldi, shu bois Tijani Reynders va Bernardu Silva tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida, hujumkor futbolchi Rayan Sherki ortidan joy oladi.
Jeremi Doku jarohat olgani bois, uning bo‘lajak bahsda ishtirok etishi katta so‘roq ostida turibdi. Biroq Xosep Gvardiola belgiyalik futbolchining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan va hujum chizig‘iga yangi kuch, shiddat olib kira oladigan Oskar Bobb va Savinoga suyana oladi.
Himoya chizig‘ida ham deyarli barcha o‘yinchilar o‘zgaradiyu Chunki Natan Ake, Abduqodir Husanov, Riko Lyuis hamda ikkinchi raqamli darvozabon Jeyms Traffordga o‘zini ko‘rsatish imkoniyati berilishi kerak.
Rayan Ayt-Nuri va Umar Marmush ham asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin edi, ammo hozirda bu ikki futbolchi Afrika millatlari kubogida ishtirok etish uchun o‘z mamlakatlari terma jamoalari ixtiyoriga jo‘nab ketadi, - deb yozmoqda jurnalist Ben Kpanton.
SPORTSMOLE.CO.UK talqiniga ko‘ra, “Manchester Siti”ning bo‘lajak o‘yinga taxminiy tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon:
Jeyms Trafford;
Himoyachilar:
Riko Lyuis, Abduqodir Husanov, Natan Ake, Niko O’Reyli;
Yarim himoyachilar:
Tijani Reynders, Bernardu Silva, Oskar Bobb, Rayan Sherki, Savino;
Hujumchi:
Erling Xoland.
Turkiyani larzaga solayotgan Shomurodov haqida yangi qiziq faktlar
Shomurodov gol urgan grand klub “Barsa”dan mashhur darvozabonni oladigan bo‘ldi
Shomurodov supergol bilan “taxt”ga qaytdi!
O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?
Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart
Fikrlar