O‘runov adolatsizlik qurbonimi?
Rossiya premer-ligasining ettinchi turidan o‘rin olgan markaziy derbi – TsSKA va “Spartak” uchrashuvining tahlili hamon davom etmoqda.
Rossiyaning eng ko‘p o‘qiladigan saytlaridan biri sports.ru ekspertlari mazkur uchrashuvni boshqargan moskvalik hakam Sergey Karasovning bir necha o‘xshash vaziyatlarda turlicha qaror qabul qilganiga e’tibor qaratdi.
Ana shunday vaziyatlardan ikkitasida Oston O‘runov bosh rolda bo‘lgani biz uchun ahamiyatli. Deyarli bir xil ikki vaziyatda ham bosh hakam mezbonlar foydasiga qaror chiqargani ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

- Sariq kartochka ko‘rsatish masalasida ham Karasev sustkashlikka yo‘l qo‘yganini ko‘rish mumkin. Bir vaziyatda TsSKA etakchisi Nikola Vlashich o‘zini chiroyli usulda aldab o‘tgan Oston O‘runovni qo‘llari bilan ushlab, to‘xtatib qoldi. Hujumni buzgan Vlashichga ogohlantirish berilmadi.
Oradan besh daqiqa o‘tib, yana shunday holat takrorlandi. Bu gal Oston O‘runov raqib futbolchisi Konstantin Maradishvilini ushlab qoldi va shu tariqa hujumni to‘xtatgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi, - deb yozadi sayt ekspertlari.
Ko‘rinib turibdiki, bosh hakam Sergey Karasev Oston O‘runov bilan bog‘liq ikki vaziyatda biroz adolatsizlikka yo‘l qo‘ygan.
Yana bir mashhur nashr - sport-express.ru “Spartak”da debyutini nishonlagan Aleksandr Kokorin ishtirokini tahlil qilar ekan, uning o‘yinining ayrim jihatlarini moskvaliklarning yana bir yangi o‘yinchisi Oston O‘runov bilan solishtirdi.
- Kokorin ilk uchrashuvida 40 daqiqa o‘ynadi. Bu vaqt mobaynida u atigi to‘qqiz marta to‘pga tegindi. Taqqoslash uchun u bilan birga o‘yinga qo‘shilgan Aleksandr Sobolev 24 marta to‘pni qabul qilib oldi. Zahiradan o‘yinga qo‘shilgan uchinchi futbolchi – Oston O‘runov esa, 77-daqiqada maydonga tushganiga qaramay, 18 marta to‘p bilan muomala qildi. Bunga sabab, Kokorin jamoaviy o‘yinga kirishib keta olgani yo‘q. O‘runov esa, to‘pni o‘zida ushlab turish, raqiblarini aldab o‘tishdan cho‘chiyotgani yo‘q, - deb yozadi sport-express.ru mutaxassisi Natalya Yurina.
O‘z vaqtida “Spartak”da murabbiy lavozimida ishlagan futbol mutaxassisi Valeriy Gladilin ham o‘yin borasida euro-football.ru saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bahs emotsiyalarga boy bo‘ldi. O‘yin menga yoqdi. Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Kokorin TsSKA darajasidagi jamoa bilan o‘yinga tayyor emasligi ko‘rinib qoldi. Undan hafsalam pir bo‘ldi. Ponse zo‘r o‘ynadi. Larsson harakat qildi. Menga O‘runovning o‘yini yoqdi. U faol, qo‘rqmay o‘ynaydi, mas’uliyatni o‘ziga olishdan hayiqmaydi. Lekin jamoadoshlari bilan bir birini tushunish borasida kamchiligi ko‘zga tashlanmoqda. Maydon markazi va hujum o‘rtasida kombinatsion bog‘liqlik bo‘lishi kerak. O‘yinchilar bir birini his qilishi lozim. Hozircha Ostonga shu xususiyatlar etishmayapti. Lekin aql bilan o‘ynaydigan yuqori salohiyatli o‘yinchi ekani bilinib turibdi, - dedi tajribali murabbiy Valeriy Gladilin.
Eslatib o‘tamiz, “Ufa” safida o‘nta uchrashuvdan so‘ng, yangi mavsum oldidan “Spartak” jamoasiga transfer qilingan Oston O‘runov premer-liganing so‘nggi ikki uchrashuvida zaxiradan maydonga tushdi.
“Spartak”da bu ishni faqat O‘runov uddalaydi. Uni ko‘proq o‘ynating!
Rossiyaning eng muhim derbisida O‘runov “yashirin qurol”mi?
O‘runov, o‘ynasang Roy Kin yoki Gattuzodek o‘yna!
“Spartak”ning eng qimmat futbolchisi ketishiga O‘runov sababchimi?
Shomurodov, Jaloliddinov va O‘runovga Evropa eshigi ochiladimi?
Fikrlar