Osiyo chempioni bo‘lgan O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz o‘rtoqlik o‘yinida Rossiyaga yutqazib qo‘ydi

  • 28 mart, 2023, 13:53
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘rtoqlik o‘yini doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya U-20 terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga etdi. Unda mehmonlar 0:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab Ivan Zazvonkin uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, keyinroq Pavel Meleshin penaltidan unumli foydalandi. 

Ma’lumot o‘rnida, vakillarimiz 20 may sanasida start oladigan 20 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashadi. Ungacha terma jamoa yana bir qancha o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

 

O‘yindagi vaziyatlarning matnli translyatsiyasi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!