Oybek Qilichev mashg‘ulotlarni boshladi. O‘FF uni kechiradimi?

  • 08.01.2018 18:11
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, «Navbahor» o‘zining poytaxtdagi yig‘inini boshladi. Bugun «NBU-Osiyo» jamoasiga tegishli maydonda mashg‘ulotlar olib borildi.

Ana xolos! O‘FF qo‘pollik qilgan Oybek Qilichevni futboldan chetlatdi

O‘tgan mavsumda O‘FF tomonidan bir yilga futboldan chetlatilgan Oybek Qilichev «Navbahor»ning dastlabki mashg‘ulotida ishtirok etdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Qilichev va «Navbahor» O‘FFga diskvalifikatsiya borasida murojaat qilib, kechirim so‘rashgan. Bu haqda lochinlar.uz sayti xabar bermoqda.

O‘FF nima uchun “Navbahor” a’zosi Oybek Qilichevni bir yilga futboldan chetlatgani aks etgan holat (Video)

Manbaning yozilishicha, yaqin kunlarda federatsiya Oybek Qilichevning taqdiriga oydinlik kiritadi. Katta ehtimol bilan Oybek avf etiladi va «Navbahor»da o‘ynashda davom etadi.

Ilhom Mo‘minjonov: O‘FFdan kechirim so‘raymiz

“Navbahor” murabbiylari «Paxtakor»ga tegishli bo‘lgan yana ikki futbolchining tarkibga qo‘shilishini kutishmoqda. «Bunyodkor»ga tegishli Dilshod Hamroev yana «Navbahor»da o‘ynashi mumkin. “Navbahor” mutasaddilari «Bunyodkor» bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Abbos Otaxonovning keyingi faoliyati «Navbahor»da davom etishi aniqlashmoqda. Shota Arveladze Otaxonovni «Paxtakor»da olib qolmoqchi emas. Abbos terma jamoadan qaytib kelgach «Navbahor» mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!