O‘zbek futbolchisi Evropaning mashhur klubi nazariga tushdi. Transfer bo‘ladimi?
O‘zbek futboli iqtidorlarga boy. Biroq, hamyurtlarimizning Evropa jamoalariga o‘rnashishi qiyin kechmoqda.
Evropa jamoalarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan futbolchilar orasida faqatgina Italiyadagi Eldor Shomurodov va Turkiyadagi Otabek Shukurovni tilga olishimiz mumkin. Rossiya va Qozog‘iston ligalaridagi o‘yinchilarning natijalarini ular bilan tenglashtirib bo‘lmaydi.
Xorij matbuotining yozishicha, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi sardori va Rossiyaning "Rubin" jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev Evropaning eng mashhur klublaridan biri – “Galatasaroy” nazariga tushgan. Bu haqda Turkiyaning Fotospor nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, klub skautlari Umaralining Argentina mezbonlik qilgan jahon chempionatidagi o‘yinini kuzatib, tahlil qilib borgan va futbolchimizning salohiyatini yuqori baholagan.
Umarali Rahmonaliev jahon chempionatida guruh bahslarida uchta o‘yinda ikkita golli pas uzatdi va jamoamizning pley-offga chiqishiga katta hissa qo‘shdi.
19 yoshli futbolchi “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Maydondagi asosiy pozitsiyasi markaziy yarim himoyachi. Bundan tashqari, chap qanot himoyachisi vazifasini ham uddalay oladi.
2020-2022 yillar davomida “Bunyodkor” asosiy tarkibida 25 ta uchrashuvda 8 ta gol urgan iste’dodli futbolchi faoliyatini xorijda davom ettirishga qaror qildi. Umarali 2023 yilning boshida Rossiyaning “Rubin” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Qozonliklar tarkibiga erkin agent sifatida qo‘shilgan Umarali Rahmonalievning bugungi kundagi transfer summasi 350 ming evroni tashkil qilmoqda.
“Rubin” bu yil Birinchi ligada g‘olib chiqdi va kelasi mavsumni Rossiya Premer-ligasida o‘tkazadi. Bu jamoada O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir a’zosi Rustam Ashurmatov ham o‘ynamoqda.
Darhaqiqat, “Rubin” mutasaddilari “Galatasaroy”ning Rahmonalievga qiziqishiga munosabat bildirdi.
“Rubin” vakilining Inkazan nashriga ma’lum qilishicha, klub futbolchini boshqa jamoaga qo‘yib yubormoqchi emas. Qozonliklar o‘zbek legionerining salohiyatini yuqori baholamoqda va kelasi mavsum yarim himoyachiga ko‘proq suyanishni rejalashtirmoqda.
“Galatasaroy” joriy mavsumda muddatidan oldin Turkiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Okan Buruk shogirdlari 36-turdan keyin ochkolari hisobini 88 taga etkazgan va chempionat yakunlanishiga ikkita uchrashuv qolgan paytda eng yaqin ta’qibchi – “Fenerbahche”ni sakkiz ochkoga ortda qoldirmoqda.
Bu jamoa tarkibida ayni paytda Fernando Muslera, Nikolo Dzanolo, Serjiu Oliveyra, Xuan Mata, Dris Mertens, Bafetimbi Gomis va Mauro Ikardi kabi jahon futbolida nom qoo‘ongan charm to‘p ustalari o‘ynamoqda.
Turkiyaning mashhur klubi o‘tgan yili “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovni o‘z safiga chorlagandi. Biroq, O‘zbekiston terma jamoasi sardori A Seriyada qolishni ma’qul ko‘rib, boshqa ligalardan bo‘lgan takliflarni qabul qilmagan.
Bu yil mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan “Galatasaroy” kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasi saralash uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Premer-liga: Legionerlarimiz narxlari e’lon qilindi!
Shomurodov gol urgan darvozabon PSJga o‘tadigan bo‘lyapti
Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!
Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!
O‘zbek jangchisidan g‘alaba, qozog‘istonlik fayter alamiga chidolmadi yoxud fanatlardan haqli e’tiroz!
Ronaldu Masharipovga nimalarni o‘rgatdi?
Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!
Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi
Fikrlar