O‘zbek legioneri katta summaga transfer qilinadi!

  • 15 dekabr, 2021, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Belarus chempionatining 2021 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu chempionat oliy ligasini ko‘proq uzoq va yaqindan kelgan legionerlar bezab turadi. Xususan, bu yil Belarus oliy ligasida O‘zbekistondan to‘rt nafar futbolchi ishtirok etdi.

Chempionlik uchun kurashda BATE sharafini Shahboz Umarov himoya qildi. Shahzodbek Ubaydullaev mavsumni chempion jamoa – “Shaxtyor-Soligorsk”da boshladi va bosh murabbiy bilan chiqisha olmagani uchun ikkinchi davrda “Energetik-BGU”ga ijaraga o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Bobur Abduxoliqov “Energetik-BGU”da o‘ynab, o‘zini ko‘rsata olgan bo‘lsa, ushbu jamoadagi yana bir hujumkor futbolchimiz Doniyor Abdumannopov jarohat tufayli atigi bir bor maydonda ko‘rinish berdi xolos.

18.09.2021_bate_shaxter_41

Belarus oliy ligasi tahlili bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar mavsumda o‘zini ko‘rsatgan legioner o‘yinchilarning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. Undan O‘zbekiston milliy terma jamoasi vakili ham joy oldi.

Demak, legionerlar ramziy terma jamoasi bilan tanishamiz.

Darvozabon

Vladimir Rusanov (“Energetik-BGU”)

Belarus chempionatida juda kam jamoalar xorijlik darvozabonga ishonch bildiradi. Shu bois, minsklik “talabalar” sharafini himoya qilgan rossiyalik Vladimir Rusanov ramziy terma jamoaga kirishda hech qanday raqobatni sezgani yo‘q. Jami 13 ta uchrashuvda darvoza qo‘riqlagan posbon jamoasining oliy  ligada qolishiga munosib hissa qo‘shdi.

Himoyachilar

Aleksandar Filipovich (BATE)

O‘ng qanot himoyachilar orasida serbiyalik Aleksandar Filipovichga raqobat ko‘rsata oladigani yo‘q. Borisovliklar jamoasida almashtirib bo‘lmas o‘yinchi darajasiga ko‘tarilgan serb yigiti jami 27 ta uchrashuvda qatnashdi, o‘z vazifasini uddalashdan tashqari, raqib darvozasini bir bor ishg‘ol qilishga ham erishdi.

Yakov Filipovich (BATE)

BATEdagi ikkinchi Filipovich Xorvatiyadan. Familiyadoshidan farqli ravishda Yakov himoya markazida to‘p tepadi. U jamoa himoyachilari orasida eng ko‘p – 28 ta uchrashuvda harakat qildi. Har ikki Filipovich BATEdagi o‘yinlari orqali Bolqon mamlakatlarida yaxshi ijrochilar borligini ko‘rsata oldi.

Andrey Batsula (“Dinamo-Minsk”)

“Dinamo”da mahoratini namoyish etgan ukrainalik legioner omadini boshqa klublarda sinab ko‘rishga qaror qildi. U qayd natija va ko‘rsatgan o‘yin bu futbolchining ishsiz qolmasligini kafolatlaydi. Chap qanot himoyachisi o‘z vazifalarini bajarish bilan birga hujumga tez-tez o‘tib turdi. Batsula ikkita gol urishdan tashqari, jamoadoshlarining 12 ta goliga assistentlik qildi. Golli paslari bilan oliy liga himoyachilari rekordchisiga aylandi.

2016-10-02_IML_0316_ua

Yarim himoyachilar

Yulius Szoke (“Shaxtyor”)

Soligorskliklarning chempionlik davrida eng ko‘zga ko‘ringan legionerlaridan biri aynan Yulius Szokedir. Slovakiyalik futbolchi ham oliy ligadagi o‘yinlari orqali boshqa ligalardagi kuchli klublar e’tiboriga tushdi. 23 ta uchrashuvda bitta gol urgan legionerni “Shaxtyor” xayrlashuv marosimi orqali kuzatib qo‘ydi.

Vladislav Vasilev (“Energetik-BGU”)

Qog‘ozistonlik legioner chempionatning birinchi yarmidagi yorqin o‘yinlari orqali ramziy terma jamoadan joy oldi. Vasilev “Energetik-BGU” safida jami 16 ta bellashuvda qatnashib, beshta gol urdi va jamoadoshlariga sakkiz marta golli pas uzatdi. Uning mavsum o‘rtasida ketib qolgani jamoani ancha qiynab qo‘ydi.

Frensis Nar (“Slaviya”)

“Slaviya” oliy ligadagi o‘rnini bazo‘r saqlab qoldi. Bu jamoa rahbariyati asosan legionerlarga suyanib qolgani uchun ko‘p tanqid qilindi. Mavsum davomida Rossiya, Belgiya, Argentina, Gana, Moldova, Ukraina va Gabondan 17 nafar legioner “Slaviya” safida o‘ynadi. Ular orasida eng zo‘r natijani ganalik Frensis Nar qayd etdi. Tajribali futbolchi yarim himoya markazi, hujumchi ortida va forvard vazifasida to‘p tepib, sakkizta gol bilan jamoa to‘purari bo‘ldi.

Shahboz Umarov (BATE)

O‘zbekistonlik legioner sermahsul o‘yin ko‘rsatdi. Qanot hujumchisi, yarim himoyachi, hujumkor futbolchi va forvard sifatida turli pozitsiyalarda to‘p tepgan hamyurtimiz raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga sakkizta golli pas oshirdi.

Chempionlik uchun kurashda “Shaxtyor”ga imkoniyatni boy bergan BATE asosiy raqobatchisini bir marta mag‘lub eta oldi xolos. O‘sha uchrashuvda ham yagona golni superzarba bilan Umarov kiritdi. Eng muhimi, Umarov gol urgan bellashuvlarning barchasida borisovliklar uch ochko egasi bo‘ldi.

Shahboz Belarus chempionati kumush medali bilan birga mamlakat kubogini ham boshi uzra ko‘tardi.

28adfa5e38c3794a2a5c5cc25e298

Bundan tashqari, iste’dodli futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasidan muntazam chaqiruv ola boshladi.

Belaruslik mutaxassislar “Umarovdek legioner faqat katta summa evaziga qo‘yib yuboriladi”, demoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, hamyurtimizga kuchli ligalardan qiziqish bo‘lmoqda.

Hujumchilar

Stiven Alfred (“Slutsk”)

Mavsum boshida bu jamoa quyi ligaga tushib ketishi kutilgandi. Biroq, “Slutsk” mavsumni to‘qqizinchi pog‘onada yakunladi. Bunda nigeriyalik hujumchining to‘qqizta goli va beshta assisti  muhim ahamiyat kasb etdi.

Jan-Morel Po (“Dinamo-Minsk”)

“Dinamo-Minsk” bosh murabbiyi Artem Chelyadinskiy gol uradigan hujumchisiga ehtiyoj seza boshladi. U himoyalanishga ko‘nikkan ivuarlik futbolchini hujumchi ortida o‘ynatishga qaror qildi. Natijada Poning yangi qirralari ochildi. Ayrim uchrashuvlarda markaziy hujumchi vazifasini ham bajargan Jan-Morel ettita gol bilan jamoasining bronza medal olishiga katta hissa qo‘shdi.

Dembo Darbo (“Shaxter”)

“Shaxtyor” hujumchisiga etadigani topilmadi. Individual mahorati yaxshi shakllangan gambiyalik futbolchi 29 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 19 ta gol yozib qo‘ydi va sakkizta assistni amalga oshirdi. Anchadan beri Belarus chempionatida bunaqa hujumchi bo‘lmagan. U haqli ravishda chempionat to‘purari sovrinini qo‘lga kiritdi.

000028_1619609092_439228_big

Shomurodov va Abraxam. Mourino qudratli “Roma”ni yana kimlar bilan qurmoqchi?

To‘purar legionerimiz: Men tezkormasman, texnikam ham zo‘r emas demayman, lekin...

Evropa Chempionlar ligasida qatnashadigan klub “Navbahor” ko‘zlagan legionerimizga shartnoma taklif qildi

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

Ana xolos! “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti!

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!