O‘zbekiston futbolchilari bugun bir shov-shuv ko‘tarish uchun o‘ynaydi!

  • 23 yanvar, 2024, 11:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatardagi Osiyo kubogi doirasidagi eng qiziqarli uchrashuvlardan biri Avstraliya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasida bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

Avstraliyaliklar Osiyo futbol konfederatsiyasiga 2006 yili qo‘shilganidan buyon qit’a chempionatlarida oltinchi marotaba ishtirok etmoqda. Shu paytga qadar ular 2011 yili Qatardagi Osiyo kubogida kumush, 2015 yili o‘z yurtidagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan.

54ccef7d87491

Avstraliya terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichlarida o‘zlariga yoqmayotgan bir an’anaga chek qo‘ymoqchi. Bu mamlakat futbolchilari shu paytga qadar biror marotaba musobaqaning guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlay olmagan.

Raqib jamoa futbolchilarida O‘zbekistonga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda ana shu holatga chek qo‘yish va tarixni yangilash rejasi bor.

Qolaversa, Avstraliya terma jamoasi hujumchisi Jekson Irvin ketma-ket ikkita uchrashuvda gol urdi. Bungacha uning golsiz seriyasi beshta o‘yinni tashkil qilgan edi. Irvin Osiyo kubogida qatorasiga uchta bahsda to‘p kiritgan birinchi avstraliyalik futbolchiga aylanmoqchi. Buning uchun u O‘tkir Yusupov darvozasiga yo‘l topishi talab etiladi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham guruh bosqichini sensatsion natija bilan yakunlashi uchun imkoniyat etarli. Futbolchilarimiz hali hech qachon Avstraliya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozona olmagan. Shu paytga qadar bu jamoalar rasmiy to‘rtta uchrashuv o‘tkazgan. Dastlabki uchtasida raqib qo‘li baland kelgan va so‘nggi bahsda hisob ochilmagan. Demak, O‘zbekiston bo‘lajak to‘qnashuvda g‘alaba qozonsa, buni shov-shuvli natija sifatida qabul qilish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, futbolchilarimiz to‘rtta uchrashuvda biror marotaba avstraliyalik darvozasini ishg‘ol qila olmagan. Bu gal ana shu noxush an’anaga ham barham berilishiga umid qilamiz.

Sports.uz portali muxlislar e’tiboriga Avstraliya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘yiniga oid qiziqarli ma’lumotlar va faktlarni havola etadi.

  • Qatardagi bu galgi Osiyo kubogida Avstraliya va O‘zbekiston dastlabki ikki uchrashuvda uchtadan gol urib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
  • Avstraliya terma jamoasi oxirgi oltita uchrashuvni g‘alaba bilan yakunladi.
  • O‘zbekiston terma jamoasining mag‘lubiyatsiz seriyasi sakkizta uchrashuvni tashkil etmoqda. Ulardan beshtasida g‘alaba qayd etilgan.
  • Avstraliya to‘rtta o‘yinda O‘zbekiston darvozasiga 9 ta to‘p kiritgan. O‘zbeklar hali javob qaytargani yo‘q.
  • Avstraliya oltita uchrashuvdan beri gol o‘tkazmayapti.
  • O‘zbekistonning “quruq seriyasi” uchta o‘yinga etdi.
  • Avstraliya terma jamoasi safida Afrika, Evropa va Janubiy Amerikada tug‘ilgan futbolchilar o‘ynaydi.
  • Avstraliya terma jamoasi a’zolari to‘qqizta mamlakat ligalaridan jamlangan.
  • Avstraliya va O‘zbekiston bahsida har ikki terma jamoaning etakchi hujumchilari – Mitch Dyuk va Eldor Shomurodov jarohat tufayli qatnashmaydi.

IMG_1654

“V” guruhining uchinchi turidan o‘rin olgan Avstraliya – O‘zbekiston va Suriya – Hindiston uchrashuvlari 23 yanvar kuni bir xil paytda –  Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Avstraliya bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston etakchisi o‘zgardi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rahim Hudayberganov
23/01/2024 12:19
Йигитлар Ольга иншаоллох галаба бизда 2_0 камчини босинг
&
Адхамжон Низомов
23/01/2024 10:22
Дуранг деганим учун уялтиринглар.Олга,Узбекистон.
Rasul M
23/01/2024 10:14
Biznikilarning asosiy muammosi shunda shov shuv galaba maglubiyatni kim oylaydi hozir galaba qilish kerak gol urush kerak diyotganlar maglubiyat bolip qolsa hammani sokish bilan ovora boladi man uchun galaba kilgani yahshirok lekin avallam bor darvoza dahilsizligi agar sen gol otkazip yubormasan unda gol urishga imkonin boladi...Avstraliyani bepisant karamaslik kerak chunki ularham futbolda rivojlansa rivojlanyaptiki tohtap qolgani yoki orkaga ketayotgani yok
&
Alsher
23/01/2024 14:16
Jamoamizga omad bugun albatta yutinglar biz sizlar bilan Qatarga borolmagan bòldag ham har doim sizlar bilanmiz olģa Uzbekiston avalambor yutish kerak ja bòlmasa duran lekin yutqazish qiyin ahvolga solib quyadi yana matematikaga òtib qolamiz Uzbekiston omad biz birgamiz
&
Адхамжон Низомов
23/01/2024 10:17
Ха,майли,Ок бурилар галаба козонсин.
Rasul M
23/01/2024 10:17
Man shaxsan Husanov Fayzullayev Masharipov hamda Otabek shukurovdan bir narsalar kutyapman Oston Urunov har doimgidek mushaklarini korsatgancha ozidan yulduz yasap oladi va oyinda yoqolip qoladi uni katta oyinlarda topip bolmaydi
&
Адхамжон Низомов
23/01/2024 08:55
Шов-шув керак эмас,дуранг керак.Менинг фикрим.
&
Abbos_000
22/01/2024 23:26
Inshaalloh Uzb vs Aus 3:0
Rasul M
23/01/2024 10:20
3:0 uzbekiston bu darajada yutadigan kuchda emas albatta bu shaxsiy fikir 1:0bolar bolmasa durang yoki avstraliya yana yeb tashamasa boldi..chunki termamizda 1gol otkizip yuborsa oyinni tashlap koyadigan qiyin vaziyatlarda yechim topaolmaydigan kasali bor..Lekin hudo hohlasa Katanes bir nimala oylab topadi Hullas omad