O‘zbekistonlik futbolchi: U A Seriyaga mos o‘yinchi emas!

  • 26 iyun, 2023, 19:11
  • 0
  • Futbol

Kuchli beshlik chempionatlari, xususan, A Seriyada o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi Ilyos Zeytullaev Rossiya terma jamoasi a’zosi Aleksey Miranchukning Italiya yuqori divizionidagi imkoniyatlariga baho berdi.

Ta’kidlash lozimki, Zeytullaevning o‘zi “Yuventus” tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. 2001 yili Ilyos Moskvaning “Akademika” jamoasidan Turin superklubi yoshlar jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.

b42b96b3f64ee251bb1786aa1e3a25bf5ffb497f2b47d247087668

Keyinchalik hamyurtimiz Italiyaning turli ligalarida “Rejina”, “Krotone”, “Jenoa”, “Vichentsa”,  “Verona”, “Peskara”, “Virtus Lantsiano”, “Kupella Kaltsio”, “Torino” va Xorvatiyaning “Goritsa” jamoalarida to‘p tepdi.

Zeytullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘n marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan.

Italiya futbolini yaxshi biladigan sobiq futbolchi Aleksey Miranchukning imkoniyatlari haqida quyidagicha fikr bildirdi.

- Alekseyni boshqa chempionatga mos, deb bilaman. Masalan, Germaniyaga, shartli ravishda “Bayer”ga. U juda kuchli futbolchi, lekin ayrim vaziyatlarda uning xarakteri Italiya chempionatiga to‘g‘ri kelmayapti. Balki buning sababi uning xarakteri yumshoq ekanidir. Bu nuqtai nazardan Italiya futboli juda murakkab. Bu erda mentalitet boshqacha, bitta o‘yinda yutqazib qo‘ydingmi, bir hafta bosim ostida qolib ketasan.

Mening fikrimcha, Miranchuk Portugaliya, Germaniya, hatto, Angliyada ham o‘ynab ketishi mumkin. Unga xotirjam futbol o‘ynaydigan jamoalar mos. “Torino” va “Atalanta”da u katta talab qo‘yadigan murabbiylar qo‘liga tushib qoldi. Men Yurichni ham, Gasperinini ham juda yaxshi bilaman. Ular uning kuchli ekanini biladi, biroq xarakter jihatidan bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.

Yana Miranchukka jangovarlik etishmayotgandir. Lekin Aleksey o‘ziga mos jamoa va murabbiy topsa, yana o‘yini ochiladi va yuqori saviyada to‘p tepa boshlaydi, - dedi Ilyos Zeytullaev.

Italiya klublari 2020 yilning yozgi transfer oynasi davrida Rossiya Premer-ligasidan ikki nafar futbolchini transfer qilgandi. Birinchi bo‘lib, Aleksey Miranchuk Moskvaning “Lokomotiv” jamoasidan “Atalanta”ga ko‘chib o‘tdi. Keyinroq, Eldor Shomurodov “Rostov” jamoasidan “Jenoa”ga transfer qilindi. 2021 yanvar oyida Aleksandr Kokorin “Spartak”dan “Fiorentina”ga bor.

Biroq, uchala futbolchining hech biri bugungi kunga kelib, Italiya klublarida kutilgan natijalarni qayd etgani yo‘q. Yakunlangan mavsumda “Atalanta” Miranchukni “Torino”ga ijaraga berib yubordi. Shomurodov “Roma”dagi joyini yo‘qotib, chempionatni ligani tark etgan “Spetsiya” safida yakunladi. “Fiorentina” Kokorinni Kiprning “Aris” jamoasiga jo‘natib yuborganiga ancha bo‘ldi.

Bu futbolchilar yangi jamoalarida ham turlicha natija qayd etdi. “Torino” o‘yinchisi sifatida Miranchuk 31 ta uchrashuvda to‘rtta gol va oltita assist qayd etdi.

miranchuktor

Eldor Shomurodov “Spetsiya” uchun yarim mavsum davomida bitta to‘p kiritib, yana bir bor golli pas uzatdi. Kokorin Kiprdagi musobaqalarda 30 ta bahsda raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga oltita assistni amalga oshirdi.

Shomurodov uchun A Seriyada qolish muhim. Eldorga qiziqayotgan murabbiylar bor!

Premer-liga: Legionerlarimiz narxlari e’lon qilindi!

Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!