Shomurodov uchun A Seriyada qolish muhim. Eldorga qiziqayotgan murabbiylar bor!

  • 26 iyun, 2023, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovning Italiyadagi faoliyati o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining hech biri befarq qoldirmasligi aniq.

Tecno

2020 yilning oktyabrida Rossiya Premer-ligasidan A Seriyaga ko‘chib o‘tgan o‘zbek futbolchisining “Jenoa”dagi debyut mavsumi juda muvaffaqiyatli chiqqan edi. Hamyurtimiz murakkab ligada 32 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilishni uddaladi.

Uning bu natijasi bir necha klublar, xususan, “Yuventus” va “Roma” klublari rahbariyati e’tiborini tortdi. Eldor o‘zi tanigan murabbiy – Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepish uchun Rim variantini tanladi.

byvshim-napadayuschim-rostova-vostorgayutsya-v-italii_1610386474443047664

Oxirgi ikki mavsum hujumchimizning foydasiga ishladi, deyish qiyin. Shomurodov poytaxt “bo‘rilari” orasida asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi. Tushunarsiz tomoni shundaki, Joze Mourino legionerimizga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermaganiga yarasha uzoq vaqt boshqa jamoalarga o‘tishiga yo‘l qo‘ymadi. Buning oqibatida Eldor bir necha yaxshi variantlarni qo‘ldan chiqardi.

Oxir-oqibat, Joze Mourino yanvar oyida Shomurodovni yarim mavsumga “Spetsiya”ga ijaraga o‘tishiga rozilik berdi. Tan olish kerak, Eldorning Italiyadagi uchinchi jamoadagi faoliyati ham kutilgan darajada yorqin bo‘lmadi.

Endi kelasi mavsum boshlangunga qadar Shomurodov faoliyatini qaerda davom ettirish masalasini hal qilishi kerak. Italiya maydonlarida to‘p tepgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi – Ilyos Zeytullaev o‘zining izdoshi bo‘lgan Shomurodovning A Seriyadagi imkoniyatlariga baho berdi.

- Shomurodov kelajagi borasida yaxshilab o‘ylab olishi kerak. Agar “Roma” uni o‘z tarkibida saqlab qolishni istamasa, Eldor unga o‘yin amaliyoti beradigan boshqa klub topishi kerak. Boradigan joyi top-klub bo‘lmsasligi mumkin, lekin hozir eng muhim narsa – maydonda o‘tkaziladigan vaqt hisoblanadi. Men unga shuni maslahat beraman.

Eldorning Italiyadagi reputatsiyasi juda yaxshi. Murabbiylar, hamkorlar va muxlislar Eldor haqida iliq fikrlarni bildirmoqda. Hattoki, A Seriyada ishlayotgan mutaxassislar orasida Shomurodovni yaxshi hujumchi sifatida qadrlaydiganlar ham bor.

Albatta, sen o‘ynagan jamoaning V Seriyaga tushib ketgani hech qanday ustunlik bermasligi ham bor gap. Shunga qaramay, A Seriyaning o‘rtamiyona jamoalari yoki yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan klublar kelasi mavsum Eldorni “Roma”dan ijaraga olib o‘ynatishni istashi aniq. Ana shu jamoalarda Shomurodov o‘zini ko‘rsatishi va shu erda faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Eldorda yaxshi variantlar albatta bo‘ladi. Eldor aqlli yigit. A Seriyani tark etishni xohlamaydi. Hozir ligadan ketib bo‘lmaydi. Italiya chempionatidan keyin Rossiya yoki Osiyoning boshqa mamlakatlari ligalariga borishga hali ulguradi, - dedi Ilyos Zeytullaev.

Eldor Shomurodov 2022-2023 yilgi mavsumda “Roma” va “Spetsiya” jamoalari tarkibida barcha turnirlarda jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkitadan gol va assist  rasmiylashtirdi.

gettyimages-1250518759-2048x2048

Shuningdek, 27 yoshli hujumchimiz yakunlangan mavsumda O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi gollari sonini 37 taga etkazib, bu borada mutlaq rekord o‘rnatdi.

“Roma” Shomurodovga “g‘alati” reja tayyorlab qo‘ydi

O‘zbek hujumchisidan ehtiyot bo‘ling!

Shomurodov “qora ro‘yxat”ga tushdi

Shomurodov boshqacha o‘ynaydi!

Premer-liga: Legionerlarimiz narxlari e’lon qilindi!

Legionerimiz ispaniyalik ustoziga qattiq ishonyapti!

Legionerimiz ketish sababi va qozoq futboli kamchiligini aytib ketdi!

Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!