PSJ futbolchisi Fayzullaevni 2-o‘ringa qo‘ydi

  • 8 iyul, 2024, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiya futboli keng yoritib kelayotgan “Chempionat” nashri yakunlangan mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisini aniqlash uchun so‘rov tashkil qildi.

So‘rovnomada Rossiya chempionatida ishtirok etgan jamoalarning bosh murabbiylari va sardorlari ovoz beradi.

Sovringa 21 yosh va undan kichik futbolchilar da’vogarlik qiladi. Qoidaga ko‘ra, chempionat boshlangan davrda o‘yinchining yoshi 21 dan oshmagan bo‘lishi kerak. Mavsum davomida yoshi 22 ga etgan o‘yinchilar ham da’vogarlar safiga kiritiladi.

So‘rovnomada vitse-chempion – “Krasnodar” nomidan jamoa sardori va darvozaboni Matvey Safonov ishtirok etdi. Ma’lumki, Safonov chempionat yakunlanishi bilan PSJ safiga ko‘chib o‘tdi. Parij klubi Rossiyaning bugungi kundagi eng zo‘r darvozaboni uchun 20 million evro miqdori badal puli to‘ladi.

Matvey Safonov “Chempionat” nashri so‘rovnomasida quyidagi besh futbolchini e’tirof etdi.

1-Konstantin Tyukavin (“Dinamo” Moskva)

2- Abbosbek Fayzullaev (TsSKA Moskva)

3- Nikita Saltikov (“Lokomotiv” Moskva)

4-Kirill Shetinin ( “Rostov” Rostov)

5- Kirill Kravtsov (“Sochi” Sochi)

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. TsSKA klubi hujumkor futbolchini o‘tgan yilning avgust oyida 500 ming evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.

20 yoshli futbolchi qisqa fursatda “armiyachilar”ning asosiy o‘yinchisiga aylandi. Mavsumda davomida eng ko‘p gol urgan jamoaning aksariyat hujumchilari aynan o‘zbek legioneri orqali tashkil etildi.

Abbos legioner maqomidagi dastlabki mavsumidayoq Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti bo‘ldi.

Fayzullaev chempionatda 22 ta bahsda “Rostov”, “Dinamo Moskva”, “Fakel” va “Rubin” darvozalariga jami to‘rtta gol kiritdi va jamoadoshlariga o‘n bitta golli pas uzatdi.

Iste’dodli hujumkor futbolchimiz Rossiya kubogi musobaqasida 10 marotaba maydonga tushib, “Baltika” darvozasini ishg‘ol qildi va yana uchta golli pas bilan jamoasini finalga chiqishiga yordam berdi.

Bir mavsum davomida Abbosbek Fayzullaevning transfer narxi bir necha baravar ko‘tarilib, bugungi kunda 6 million evroni tashkil qilmoqda. Bu borada hamyurtimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

 

Braziliyalik futbolchi Fayzullaevning imkoniyatlariga baho berdi!

 

Fayzullaevni superklubga tavsiya qilishdi

 

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

 

TsSKA Fayzullaevning ketishiga ruxsat beradimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rosil hoja Gaffarov
09/07/2024 07:04
Fayzullayev haqidagi mavzularni òqisam, doim kònglim kòtariladi