Raqiblar murabbiyi: Shomurodov yoqmaydi, desam ahmoq bo‘laman!

  • 8 fevral, 19:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 24-turida “Roma” yuqori divizionda qolish uchun kurashayotgan “Venetsiya” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Keyingi paytda poytaxt klubining ishlari biroz oldinga siljigan. Klaudio Raneri qo‘l ostida “bo‘rilar” oxirgi ettita uchrashuvda to‘rtta g‘alaba va uchta durang bilan 15 ochko jamg‘arishga erishdi. Urilgan gollar soni 34 taga etib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Roma” ligada sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi. O‘tkazilgan gollar 29 ta va bu ko‘rsatkich bo‘yicha rimliklar o‘ninchi pog‘onada qayd etilgan.

Umumiy hisobda “Roma” va “Venetsiya” A Seriyada 27 marotaba to‘qnash kelgan. Shulardan 14 tasida poytaxt klubi g‘olib chiqqan, etti bor kuchlar teng kelgan va olti marta “Venetsiya” futbolchilari kuchli raqibni taslim qila olgan.

Klaudio Ranerining o‘zi murabbiy sifatida “Venetsiya”ga qarshi oltita uchrashuvda ishtirok etgan. Natija yomon emas: uchta g‘alaba, ikki durang va bir mag‘lubiyat. Lekin “Venetsiya” bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko murabbiylar duelida ikki bor hamkasbini engishni uddalagan. Raneri esa, Eusebioni bir bor taslim qilgan.

Shunga qaramay, Eusebio Di Franchesko “Roma”ga qarshi o‘tkazilgan 13 ta uchrashuvning birortasida g‘alabaga erisha olmagan. Atigi uchta durang va 10 ta mag‘lubiyat.

“Venetsiya” va “Roma”ning o‘zaro o‘yinlari to‘purari Eldor Shomurodov hisoblanadi. O‘zbek futbolchisi 2021-2022 yilgi mavsumda venetsiyaliklar darvozasini har ikki uchrashuvda ishg‘ol qilgani qayd etilgan. Joriy chempionatning birinchi davrasida Brayan Kristante va Nikolo Pizilli urgan golgan rimliklarning g‘alabasini ta’minladi.

Navbatdagi bahs oldidan “Venetsiya” bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko qishki transferlar vaqtida Eldor Shomurodovni olmoqchi bo‘lgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

- “Venetsiya” sport direktori Filippo Antonelli menga transferlar bozori, undagi vaziyat, ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berib turadi. O‘zim muzokara olib bormayman.Hamyon menda emas.

Sport direktori bizga mos o‘yinchilarni olishga harakat qiladi.

Lekin yanvardagi transfer bozori ancha murakkab. Yangi o‘yinchi olish hech qachon bo‘lmagan.

Biz Eldor Shomurodov kelishiga umid qilgandik. Sport direktori ayrim transfer nishonlari haqida menga aytgandi. Shomurodov nomzodi menga yoqmaydi, desam ahmoq bo‘laman. Lekin ayrim sabablarga ko‘ra, bu yo‘nalishdagi ishlar o‘zgarib ketdi. Men muxlislarimizga birlashadigan davr kelganini aytmoqchiman. Biz tarkibimizga tajribali o‘yinchilarni qo‘shib olmoqchi edik, lekin endi kurashga yosh iste’dod egalarini tashlashimizga to‘g‘ri keladi, - dedi Eusebio Di Franchesko.

Eslatib o‘tamiz, “Venetsiya” va “Roma” o‘rtasidagi uchrashuv 9 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi.

Shomurodov haqida o‘zbeklar kutgan xabar!

Bir gol sabab, endi Shomurodov bizga raqib!

Fayzullaev Ronaldu bilan bir turnirda o‘ynashi mumkin
Bu ishda Husanovga teng keladigani yo‘q!
“Roma” Shomurodovdan yana qahramonlik kutadi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!