Rasmiy xabar! "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" o‘yini Farg‘onada emas Toshkentda o‘tkaziladi

  • 06.03.2019 13:36
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq, Superliganing 1-turidan o‘rin olgan "Navbahor" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi "Vodiy derbisi" Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" stadionida o‘tkazilishini xabar bergandik. Ammo oxirgi paytda o‘yin o‘tkaziladigan joy o‘zgargan.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ushbu bahs Togshkentdagi Temiryo‘llari Muhandislik instituti stadionida o‘tkaziladi. Buni "Navbahor" klubining taqdimot marosimi sanasi o‘zgargan xabarda ham bilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Namangan shahridagi "Navbahor" stadionida ta’mirlash ishlari davom etayotganligi bois, "Navbahor" jamoasi rahbariyati dastlabki tur uchrashuvini Farg‘ona shahrida o‘tkazishga qaror qilishgandi.

Ma’lumot o‘rnida, "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" o‘yini 10 mart kuni, soat 15:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тохиржан Холмирзаев
06/03/2019 17:29
КУКОН НА МЕЗБОНЛИКНИ НА МЕХМОНЛИКНИ КАБУЛ КИЛДИ КИСКАСИ НУМОН ХАСАНОВНИ ДУХИ ЕТМАДИ ..ОЛГА НАВБАХОР ОЛГА НАМАНГАН МУХЛИСЛАР СЕН БИЛАН