“Real” birinchi urinishda super futbolchini qo‘lga kirita olmadi
“Real” Bundesliga yulduzi Kay Xavertsni so‘rab, “Bayer”ga murojaat qildi.
Madridliklar 20 yoshli futbolchi uchun 80 million evro taklif etdi. Qolaversa, futbolchi bir yil davomida “Bayer”da o‘ynashi mumkinligini ham ma’lum qildi.
Biroq, Leverkuzen jamoasi rahbariyatini bu taklif qoniqtirmadi. “Bayer” yarim himoyachi uchun kamida 100 million evro so‘ramoqda.

Fikrlar