"Real"da jarohatlar epidemiyasi. Bu safar Luka Yovich safdan chiqdi

  • 27.07.2019 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumlar oralig‘ida “Real” Madrid klubiga kelib qo‘shilgan Luka Yovich bugun Xalqaro chempionlar kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "Atletiko"ga (3:7) qarshi o‘yinda jarohat oldi.

Serbiyalik futbolchi birinchi bo‘lim o‘rtalarida raqib jamoa darvozabon Yan Oblak bilan bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng o‘yinni davom ettira olmadi va maydonni tark etdi. Ma’lumotlarga qaraganda u to‘pig‘ini qayrib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Yovich mavsumlar oralig‘ida jarohat olgan “Real”ning birinchi futbolchisi emas. Bundan avval himoyachi Ferlan Mendi va vinger Marko Asensiolar ham jarohat olishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!