“Roma”ning yangi futbolchisi rosa maqtanchoq chiqib qoldi!

  • 9 yanvar, 2022, 14:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma”ning qishki transfer mavsumidagi dastlabki transferi e’lon qilinganidan xabaringiz bor. “Arsenal”dan kelgan Eynsli Meytlend-Nayls Rim klubi safida mashg‘ulotlarga kirishib ketdi.

Angliyalik futbolchi dastlabki mashg‘ulotdan keyin o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Men bu erga o‘zimni va nimalarga qodirligimni ko‘rsatib qo‘yish uchun keldim. “Roma”da bunga imkon bor. Hammasi mening qanday harakat qilishimga bog‘liq.

Men avvalo o‘zim, faoliyatim va kelajagim uchun “Roma”ga o‘tishga qaror qildim. Maqsadim jamoaga yordam berish. Men shu erdaman va jamoaga ko‘maklashishga tayyorman.

Mourino dunyodagi eng zo‘r murabbiylardan biri. U futboda ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritganidan tashqari, juda yaxshi inson ekanini bilaman. U doimo rost gapiradi va g‘alaba uchun intiladi. Har bir o‘yinchi shunday murabbiy qo‘l ostida ishlashdan boshqa yana nimani ham so‘rashi mumkin?, - dedi Eynsli Meytlend-Nayls.

Ma’lumki, Rim klubi bosh murabbiy Joze Mourino talabi bilan maydon markazini kuchaytirish maqsadida bu futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga oldi. “Arsenal” ijara shartnomasiga yarim himoyachini keyinchalik sotib olish huquqini kiritishdan bosh tortdi.

Eynsli Meytlend-Nayls mavsum oxirida yana Londonga qaytib ketadi.

gettyimages-1264340626-612x612_1

“Roma” keyingi hafta yana bir transferni hal qiladi

Italiyalik taniqli jurnalist Fabritsio Romano “Roma” kelasi hafta yana bir transferni hal qilishga yaqin ekani haqida xabar berdi.

Poytaxtliklar Portugaliya chempionatidagi “Portu” sharafini himoya qilayotgan universal futbolchi Serjiu Oliveyra transferi bo‘yicha yakuniy bosqichga kirishdi.

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto portugaliyaliklarni Oliveyrani mavsum oxirigacha ijaraga jo‘natib, keyinchalik 15 million evroga xarid qilish huquqini berishga ko‘ndirgani aytilmoqda.

29 yoshli futbolchi maydon markazida bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladi. Joze Mourino Oliveyraning ham himoya, ham hujumda o‘ynash qobiliyatini yuqori baholamoqda.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi. Uning o‘zi ham Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynashga qarshi emas.

1590149084_0_0_2300_1295_1920x0_80_0_0_83715e4ebeec1c856a0270bb5791dd70

Mxitaryan: Har bir futbolchi jamoaga yordam berishi kerak

“Roma” pleymeykeri Genrix Mxitaryan “Milan”ga qarshi o‘yinda uchralgandan mag‘lubiyatdan keyin va “Yuventus” bilan bo‘ladigan o‘yin oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Biz haqiqatan o‘yinni yomon boshladik, lekin ba’zan qulay vaziyatlar ham vujudga keldi. Hech kimni tanqid qilmoqchi emasman, lekin negadir hakamlar ba’zidan VAR tizimiga murojaat qila va bizning ishtirokimizdagi ayrim bahsli vaziyatlardan bunday qilishmasligini tushunishni istayman.

Rivojlanishimiz uchun yanada ko‘proq ishlashimiz zarurlini aniq. Bunaqa uchrashuvlarda ikir-chikirlar ham natijaga ta’sir qiladi.

Biz bu daradajai o‘yinlarda kechirib bo‘lmas xatolarga yo‘l qo‘ydik va shunga yarasha jazolandik. Bu tabiiy hol. Endi “Yuventus”ga qarshi jiddiyroq hozirlik ko‘rish shart.

Biz o‘z mydonimizda o‘ynaymiz, o‘z muxlislarimiz bo‘ladi. Ularga biz yutishga qodirligimizni ko‘rsatishimiz talab etiladi. Bu oson  bo‘lmaydi, chunki tarkibda muammolar bor, bir necha jamoadoshimiz yordam bera olmaydi. Shunga qaramay, har bir o‘yinchi jamoaga yordam berishi kerak, - dedi 32 yoshli futbolchi.

Genrix Mxitaryan joriy mavsumda 24 marotaba maydonga tushib, ikkita gol va beshta golli pas muallifi bo‘ldi.

220848_m

Mourinoning muammosini Shomurodov hal qilib beradi!

“Roma” katta transferni uddaladi va yangi yulduzning debyuti aniq!

“Roma”da yaxshi yangilik!

“Roma” tez orada katta transferni e’lon qiladi

Yangi yilning birinchi golini Shomurodov urishi kerak yoxud “Milan” – “Roma” bahsiga oid 11 fakt

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
SalohShoh
09/01/2022 22:18
Shomurodovga non yoʻq ekanda endi