
"Sevilya"ga qarshi muhim o‘yin oldidan "Real"da 2 ta jiddiy yo‘qotish (qaydnoma)
Ispaniya La Ligasi so‘nggi turlari qizigandan qizib bormoqda. 35-turning markaziy uchrashuvlaridan biri hisoblangan "Real" va "Sevilya" o‘rtasidagi bahs chempionlik poygasida katta ahamiyat kasb etadi.
Zidan "Sevilya"ga qarshi o‘yin oldidan Azar, Ramos va o‘z kelajagi haqida gapirdi
Mazkur o‘yin uchun "qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan qaydnomani ma’lum qildi. Undan 20 nafar futbolchi o‘rin egalladi. Ushbu ro‘yxatdan jarohati sabab Serxio Ramos, Rafael Varan, Dani Karvaxal, Lukas Vaskes hamda Ferlan Mendi tushib qoldi.
Ular o‘rniga "Kastilya"dan Migel va Blanko asosiy jamoaga jalb etildi. Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Sevilya" bellashuvi 9-dan 10 mayga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.
35-tur oldidan "qaymoqranglilar" 74 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Andalusiyaliklar hisobida esa, 70 ochko mavjud.
Fikrlar