Sharofiddin Lutfullaev Parijda kumush medal sohibi bo‘ldi
Frantsiyaning Parij shahrida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turnirining birinchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning birinchi kun bellashuvlarida terma jamoa jamoamiz dastlabki medalni qo‘lga kiritdi.
-60 kilogramm vazn toifasida finalga chiqqan hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullaev chempionlik uchun kechgan bahsda yaponiyalik Toru Shishemega imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan cheklandi. Musobaqaning ikkinchi kun dasturida -81 kilogramm vazn toifasida yana bir vakilimiz Akmaljon Najmiddinov ham bahslarga kirishadi.

Fikrlar