
Shomurodov aybini yuvishga tayyor!
“Roma” 13 mart kuni joriy mavsumdagi eng murakkab o‘yinini o‘tkazadi. Evropa ligasida rimliklar nimchorak finalda “Atletik” Bilbaoga ro‘baro‘ keldi. Aslida bu jamoalar ushbu xalqaro musobaqaning umumiy bosqichida ham o‘zaro to‘qnashgan bo‘lib, Rimdagi bahsda kuchlar teng kelgan edi.
Nimchorak finalning birinchi uchrashuvi ham bir hafta oldin “Olimpiko” mezbonlik qilgan va unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchgan. O‘sha uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov o‘yinga juda katta ta’sir o‘tkazgan va jamoasi g‘alabasini ta’minlagan golni uchrashuvning so‘nggi soniyasida kiritgan edi.
“Roma” barcha turnirlardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 12 ta uchrashuvga etkazdi. “Bo‘rilar”ni engilmas jamoaga aylantira olgan Klaudio Raneri oldida Bilbaodagi uchrashuv uchun jiddiy tanlovni amalga oshirish zarurati yuzaga keldi.
Italiya matbuoti murabbiylar shtabi “Atletik”ga qarshi asosiy hujumchi sifatida qaysi forvardni ilk daqiqalardan maydonga tushirishi lozimligini muhokama qilmoqda.
Sports.uz portali ushbu masala bo‘yicha nufuzli manbalarning mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
- “Atletik” bilan Bilbaoda bo‘ladigan bellashuvga hech qancha vaqt qolmadi. Raneri tarkibdagi asosiy masalani echishi kerak. “San-Mames”dagi o‘yinda markaziy hujumchi vazifasini kim bajaradi?
Eldor Shomurodov yoki Artyom Dovbikning ilk daqiqalardan maydonga tushishi oxirgi mashg‘ulotdan keyin hal bo‘ladi. Chunki murabbiylar shtabi har ikki forvardning qanday formada ekanini aynan o‘yinoldi mashg‘ulotida baholaydi.
Ayni paytda Eldor Shomurodovda kichik ustunlik bor. A Seriyaning avvalgi turida o‘zbek legioneri “Empoli”ga gol urolmagani qaramay, o‘zbek futbolchisi yaxshi sport formasini saqlab turibdi va bilbaoliklar qarshi avvalgi o‘yin qahramoni hisoblanadi.
Bundan tashqari, Shomurodov maydondagi dinamikasi, himoyaga qaytib o‘ynash qobiliyati, jamoaviy o‘yinga moslashgani, maydonda jamoasi ustunligini saqlab turishi, keng hudud bo‘ylab harakat qila olishi ham unga ustunlik beradi.
Artyom Dovbik esa, ispanlarga qarshi o‘ynashda katta tajriba to‘plagan. Jismoniy ko‘rsatkichlariga tayanib, raqib jarima maydonchasi ichida himoyachilarga yaxshigina bosim qila oladi.
La Liganing o‘tgan yilgi to‘purari bo‘lgan ukrainalik futbolchi “San-Mames”dagi muhitni juda yaxshi biladi va jamoa muvaffaqiyatida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Chunki “Roma” belajak bahsda basklarning kuchli bosimiga duch keladi.
O‘tgan mavsum “Jirona”da o‘ynagan Artyom bu holatdan o‘tib bo‘lgan. Biroq, xuddi Shomurodov bilan bo‘lgani kabi Dovbik ham “Empoli” darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Har ikki hujumchi o‘z xatolarini “Atletik” bilan o‘yinda yuvishga tayyor, - deb yozmoqda siamolaroma.it sayti eksperti Silvio Salimbene.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda rimliklar safida jami 26 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga beshta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.
Gvardiola Husanovdan nimalar kutyapti?
Shomurodov g‘azabda bir zarba bilan darvoza to‘rini teshmoqchi bo‘ldi!
Abbosni Evropada kutishyaptimi? Mashhur agent Husanov va Fayzullaevning farqini aytdi!
Fikrlar