Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)

  • 7 avgust, 2023, 19:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Kalyari” safida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Eldor Shomurodov ommaviy axborot vositalari e’tiborini tortishda davom etmoqda.

Muborakning “Mash’al” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabrida kechli beshlik chempionatlaridan A Seriyaga ko‘chib o‘tganidan keyin Italiya jurnalistlari uni Lionel Messiga qiyoslab “o‘zbek Messisi”, deb atay boshladi.

Aslida legionerimiz "Rostov"da o‘ynab yurgan kezlari rossiyalik jurnalist ham Eldor Shomurodovni o‘sha paytda "Barselona"ni yondirayotgan Lionel Messiga qiyoslashar edi. Bu an’ana keyinchalik italiyalik matbuotchilar o‘rtasida ham ommalashib ketdi.  

image_2023-08-05_17-22-03

“Kalyari” hujumchisiga aylangan 28 yoshli futbolchimiz haqida maqola tayyorlagan Italiyaning mashhur nashri Tuttosport jurnalistlari Shomurodovga “o‘zbek Messisi” degan laqabini yana bir bor eslatishdi va bu borada javob olishdi.

Eldor bu masalaga quyidagicha munosabat bildirdi.

- Italiyalik jurnalistlar meni shunday atay boshlashgan. Lekin Lionel Messiga mening hech qanday aloqam yo‘q. Tana tuzilishim bo‘yicha ham, maydondagi o‘yin uslubim jihatidan ham o‘xshash joyimiz bo‘lgan emas. Messi bu Messi.

Hozir mening hech qanday laqabim yo‘q. Men oddiy Eldorman.

Mendan qaysi hujumchidan hayratlanganim va nimalarnidir o‘rganganimni so‘rayapsiz. Bolaligimda Dide Drogba va Fernando Torres kumirim bo‘lgan. Men ulardan nimalarnidir o‘rganganman va hujumchi sifatida harakatlarini tushunishga urinardim.

Hozir esa, men murabbiylar tomonidan taqdi etilayotgan harakatlar yo‘nalishlari qanday bo‘lishi kerakligi va o‘yin sxemalarini o‘zlashtirishga e’tibor qaratyapman. Ayniqsa, Klaudi Raneridan ko‘p narsa o‘rganaman, - dedi Eldor Shomurodov.

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov Italiyadagi faoliyatini boshlaganidan beri uni Lionel Messiga qiyoslashlariga duch kelmoqda. “Jenoa”da o‘ynab yurgan kezlari ham legionerimiz bir necha marotaba bu o‘xshatishga o‘z munosabatini bildirgan.

Xususan, ikki yil avvalgi intervyularida ham futbolchimiz bu masalaga to‘xtalib o‘tgan edi.

- Meni nega “o‘zbek Messi”, deb atashayotganini hech tushuna olmayapman. O‘zim har doim Dide Drogba o‘yinlaridan ilhom olganman. Hozir turli qiyoslash va o‘xshatishlar haqida emas, jamoam va o‘z o‘yinim tahlili bo‘yicha bosh qotirishim kerak, - deb javob bergan edi Eldor Shomurodov.

Darhaqiqat, Shomurodovning o‘yin uslubi ham, maydondagi harakatlari ham, tana tuzilishi ham argentinalik Lionel Messiga o‘xshamaydi.

Biroq, har ikki futbolchi o‘z mamlakati terma jamoasi sardori va etakchisi, xalqaro maydonda hamyurtlari orasida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi sifatida qadrlanadi.

36 yoshli Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi faoliyatini 2005 yilda boshlagan va shundan beri jami 175 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 103 marotaba ishg‘ol qilgan. U terma jamoa uchun o‘yinlarda gol urish bo‘yicha yuzlik marradan o‘tgan uchinchi futbolchi hisoblanadi. Ungacha bu yuksak natijani faqat eronlik Ali Dayi va Messining azaliy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu qayd eta olgan xolos.

Qolaversa, Messi Evropadagi faoliyatini yakunlab, bor e’tiborini AQShning “Inter Mayami” jamoasiga qaratadigan bo‘ldi.

Eldor Shomurodov esa, O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ilk uchrashuvini 2015 yili o‘tkazgan va hozirgacha 65 ta bahsda ishtirok etib, o‘z hisobiga 37 ta to‘p yozdirib qo‘yda va bu o‘zbek futbolchilar uchun mutlaq rekord hisoblanadi.

uzb_tjk_sports_uz-46

Messidan farqli o‘laroq, Shomurodov hali Evropa futbolidagi faoliyatini uzoq davom ettirishni rejalashtirib yuribdi.  

Premer-liga klubi nega aynan o‘zbek legionerini transfer qilganini ochiqladi

Shomurodov Evropani zabt etishga yo‘l olgan o‘zbek futbolchisiga katta baho berdi

Fayzullaev TsSKA vakillariga qaysi pozitsiyalarda o‘ynashini aytdi

“Lans” rejasi o‘zgardi: Husanovga atalgan joyda endi boshqa himoyachi o‘ynaydi

Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti

Mashhur murabbiy Shomurodovga baho berdi

Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!