Shomurodov o‘rniga “Manchester Yunayted”da o‘ynagan hujumchi keladi

  • 6 avgust, 2023, 13:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino va sport direktori Tyagu Pinto “Kalyari”ga transfer qilingan Eldor Shomurodov o‘rnini to‘ldirish, tajribali hujumchi qidirmoqda.

q4t7efG8yeIw44c38lKzQpLNU0REWf_normal

Aslida portugaliyalik mutaxassislar bu joyga “Vest Xem”da o‘ynayotgan italiyalik hujumchi Janluka Skamakkani olib kelmoqchi edi. Biroq, Angliya klubi 24 yoshli forvardni rimliklar so‘raganidek, ijaraga berishni istamadi.

Keyinchalik, Skamakka “Roma”ga borish fikridan qaytdi va Italiyaning boshqa grand klublari bilan muzokara boshlaydi. Ayni paytda, “Vest Xem” va “Atalanta” Skamakka transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda.

Taniqli insayder Nikola Skiraga ko‘ra, bergamoliklar italiyalik hujumchini A Seriyaga qaytarish uchun Angliya klubiga 30 million evro badal puli to‘laydi.

Bundan tashqari, Janlukaning o‘zi bilan 2028 yilgacha davom etadigan shartnoma tuziladi va futbolchi bonuslarni hisobga olmagan holatda har mavsum uchun 3 million evrodan maosh oladi. Bu summa Skamakkani “Atalanta” tarixidagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylantirishi alohida ta’kidlamoqda.

Qizig‘i shundaki, Janluka Skamakka 2020-2021 yilgi mavsumda “Jenoa” safida Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynagan. Ular birgalikda juda yaxshi tandem tashkil etgani italiyalik ekspertlar tomonidan alohida e’tirof etilgan edi.

“Vest Xem” va “Atalanta”ning o‘zaro kelishuvi “Roma”ning Janluka Skamakka bo‘yicha rejalarini puchga chiqardi. Mourino e’tiborini Angliya futbolida tajriba to‘plagan boshqa forvard – Vaut Vegxorstga qaratdi.

31 yoshli jisomnan baquvvat hujumchi Niderlandiya futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z yurtida “Emmen”, “Xerakles” va “AZ Alkmaar” jamoalarida o‘ynagan futbolchi 2018 yili Bundesliga vakili “Volfsburg”ga ko‘chib o‘tgandi.

Germaniyadagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin uni Angliya Premer-ligasi vakili “Byornli” transfer qildi.

Vuxgorst yangi jamoaning asosiy tarkibiga kira olmadi. Natijada ikki mavsumni avval “Beshiktosh”dan keyin “Manchester Yunayted”da ijarada o‘tkazdi. O‘tgan mavsum niderlandiyalik futbolchi manchesterlik safida Premer-ligada 17 marotaba maydonga tushib, birorta gol urolmaganidan keyin Erik ten Xag o‘z hamyurtining transferini to‘liq sotib olishdan bosh tortdi.  

izvestno_budushchee_veghorsta_v_myu

Natijada “Byornli”ga qaytib borgan Vaut o‘ziga yangi jamoa topishi talab etilyapti. Premer-liga klubi kelasi mavsum ham uning xizmatidan foydalanmoqchi emas.

Transfer ekspertlarining aytishicha, “Roma”ning Vegxorstni bir mavsumga ijaraga olish taklifi niderlandiyalik forvard uchun yangi imkoniyat bo‘lishi ketilyapti. Chunki “Roma” yangi mavsumda A Seriya, Italiya kubogi hamda Evropa Ligasida o‘ynaydi. Mourino jamoasida hujumchi etishmovchiligi bor.

Shu bois, rimliklar “Kalyari”ga o‘tib ketgan Eldor Shomurodovning o‘rniga aynan Vaut Vuxgorstni olib kelishni eng ma’qul variant sifatida ko‘rmoqda.

Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)

Avvallari o‘zimni kuchli his qilardim! Shomurodov rejasini oshkor qildi

Premer-liga klubi nega aynan o‘zbek legionerini transfer qilganini ochiqladi

Shomurodov Evropani zabt etishga yo‘l olgan o‘zbek futbolchisiga katta baho berdi

Fayzullaev TsSKA vakillariga qaysi pozitsiyalarda o‘ynashini aytdi

“Lans” rejasi o‘zgardi: Husanovga atalgan joyda endi boshqa himoyachi o‘ynaydi

Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti

Mashhur murabbiy Shomurodovga baho berdi

Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!