
Shomurodov transferi bo‘yicha tezkor ma’lumot. “Rostov” Eldorni qo‘yib yubormayapti
“Jenoa” va “Rostov” jamoalari o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning transferi bo‘yicha kelisha olmayapti.
Avvalroq, “Rostov” 9 million evrolik taklifni qabul qilgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, italiyaliklar hujumchi uchun 7,5 million kompensatsiya va 1,5 million evro miqdorida bonus taklif qilgan va bu summani ikki yil davomida to‘lashini bildirgan.
Rostovliklarni kelishuvning bu shakli qoniqtirmadi. “Rostov” rahbariyati joriy transferlar mavsumida ushbu summaning kamida yarmini olishni rejalashtirmoqda. Ular o‘z pozitsiyasini Eldorning o‘rniga yangi hujumchi xarid qilish bilan izohlagan.
Muzokarani kuzatib borayotgan mutaxassislar transferning amalga oshish ehtimolini ellikka ellik deb hisoblamoqda.
Muzokaralar davom etmoqda.
Fikrlar
Бу ростовда шомани уйнагиси кеми колди охирги пайтда