Shomurodovga yordam kerak!

  • 11 sentabr, 2023, 21:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Kalyari” sport direktori Nereo Bonato yozgi transferlarga baho berdi. Ayni paytda sardiniyaliklar uchta uchrashuvdan bir ochko to‘plagan va jamoa muxlislar tomonidan tanqid qilinyapti.

vsp_9783_esu_gruppo

Bonato jamoatchilikka yangi kelgan o‘yinchilar haqida ma’lumot berdi.

Transferlar haqida

Biz A Seriyadagi debyutant sifatida yozda tajribali o‘yinchilarni olishga e’tibor qaratdik. Chunki yuqori divizion bilan V Seriya o‘rtasidagi farq juda katta. Jamoaning texnik raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi o‘yinchilarni moslashtirish kerak. Maqsadli transferlarga qo‘l urdik. A Seriyadagi joyimizni saqlab qolishga yordam berdigan o‘yinchilarni oldik. Umumiy hisobda “Kalyari”ga bitta darvozabon, uchtadan himoyachi, yarim himochi va hujumchi keldi. 10 futbolchi kelgan bo‘lsa, 17 tasiga javob berdik.

Agar yangi o‘yinchilar yordamida A Seriyada qolishni uddalasak, bu kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. “Kalyari” xo‘jayini Tommazo Julini bilan uzoq muddatli loyihani yo‘lga qo‘yaganmiz.

Chempionat starti haqida

Chempionatni juda og‘ir boshladik. Musobaqa taqvimi, transfer bozori kabi omillarni hisobga olib buni oldindan bbilgandik. “Torino”ga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdik. “Inter” Italiyaning eng qudratli klublaridan biri. “Bolonya” bilan bo‘lgan o‘yinda tajribasizlik va o‘z xatolarimiz qurboni bo‘ldik. Oldinda “Udineze”ga qarshi bellashuv ham biz uchun katta sinov bo‘ladi. Terma jamoalarga ketgan futbolchilarimiz optimal holatda qaytishiga umid qilamiz.

Andera Petanya haqida

Andrea Petanyani bosh murabbiy Klaudio Raneri tanlagan. Bu hujumchi “Kaoyari”ga kelish uchun katta mablag‘dan voz kechdi. Uning o‘yinida sifat bor, jismonan baquvvat, o‘z mavsum qahramoni bo‘lmoqchi.

Eldor Shomurodov haqida

Shomurodovda nisbatan ham yuqoridagi sifatlarni ishlatish mumkin. Eldorda yuzaga kelgan muhitga singib ketish borasida katta muammolar bor edi. Bundan tashqari, jismoniy tayyorgarlik darajasi etarli bo‘lmayapti. Lekin u o‘zini tiklab olish uchun bor kuchi bilan harakat qilyapti. Unga yordam kerak.

Shomurodov transferidan sizlar kutayotgan natijaga erishish uchun biroz vaqt kerak ekanini ta’kidlash lozim.

LtNIhaxw-760x490

Yankto, Skaffet, Oristanio va boshqalar haqida

Yakub Yankto, Simone Skaffet va Gaetano Oristanio Italiyaga qaytishni va A Seriyada o‘ynashni istagani uchun oldik. Ular jamoaga vazifalarini bajarishda katta yordam bermoqchi. Talantlarni topish – klubimiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlardan biri. Har bir kelgan futbolchining imkoniyatlarini yaxshi bilamiz.

Oristanio Niderlandiyada, Ibrohim Sulemana “Verona”da tajriba to‘pladi. Matteo Prati bosh murabbiy Klaudio Raneri boshchiligida hali yana o‘sadi.

Mateush Viteska va Pantelis Xatsidiakos xalqaro tajribaga jga o‘yinchilar. Ular chempionatlar va terma jamoalar safida xalqaro maydonda o‘ynagan. Ularni Italiya chempionatida to‘p tepish istagi shu erga olib keldi. Naytan Nandes ham xuddi shular kabi jamoaga foyda keltira oladigan o‘yinchi.

Kelajak haqida

Katta o‘sish uchun kerakli sarmoyalar kiritildi.Vaziyatga real qarash kerak. Xatolar bo‘ladi. Chunki biz inson omili bilan ishlaymiz. Biroq ishni to‘xtatmay, maqsad intilish lozim. Ko‘p narsa A Seriyadagi debyut mavsumini qanday o‘tkazishimizga bog‘liq. Bu yo‘lda bor kuchimizni safarbar qilishimiz talab etiladi.

Uchta goldan keyin rossiyalik murabbiy o‘zbek futbolchilarining ustun tomonlarini tan oldi

Fayzullaev Shomurodov ortidan Evropaga boradi

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Husanov ekspertlar e’tiborini “Lans”ga qaratdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Эргашев Файзулло
09/09/2023 20:24
Элдорга тугади А серия хафа булманглару бола уйналмайяптди тан олиш керак Уни жойи Араб клубларга утиш керак
Vast Primer
10/09/2023 07:28
АҚШ дунё рейтингида биздан парча юқори. Ўйинчи ларининг қайси клубларда эканинидан келиб чиқиб, кейин баҳо бериш керак. Мексика ҳам биздан бир бош юқори. Бирданига битта ёки кўролмайдиган бир нечта ўйинчини қоралаш осон. Буларга қарши ўйин ташкил қилганларга рахмат
&
Бахриддин М.З.
09/09/2023 20:59
Нима бўлган шомага касалми
&
Бахриддин М.З.
09/09/2023 13:48
Ёрдам шомага эмас, Кальярига керак. Бу дегани шома Кальяридан кетиши