Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

  • 7 sentabr, 2023, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 8
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropadagi kuchli beshlik chempionatlari jamoalari FIFA kunlari munosabati bilan qisqa muddatli tanaffusga chiqdi. Aksariyat jamoalar o‘z o‘yinchilarini turli mamlakat terma jamoalariga kuzatib qo‘ydi.

A Seriya debyutanti – “Kalyari” jamoasidan ham o‘n nafar futbolchi o‘z yurti terma jamoasi yig‘inlarida qatnashish uchun Sardiniyani tark etdi. Ular orasida Eldor Shomurodov ham bor.

363385278_833791494774872_1673561193202105631_n

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari 9 sentyabr kuni AQSh va 12 sentyabrda Meksika futbolchilarga qarshi bo‘ladigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Tanaffusdan foydalanib futbol ekspertlari milliy chempionatlari startini tahlil qilmoqda. Xususan, “Kalyari” faoliyatini yoritib borayotgan https://www.tuttocagliari.net sayti dastlabki uch tur natijalariga ko‘ra, ikki mutaxassis – Vittorio Sanna hamda Stefano Borgining tahliliy  xulosasini e’lon qildi.

Vittorio Sanna:

vittoriosanna

“Kalyari” qayta tizimlashtirishga muhtoj. Yangi o‘yinchilarni jamoaga moslashtirish, jismoniy holatni yaxshilash, eng muhimi esa, A Seriyaga mos mentalitetni shakllantirish kerak. Oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p. Xato qilish mumkin, lekin jamoa o‘yinini yo‘qotib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lish lozim.

Markos Mankozu jarohatdan qutildi. Tez orada oxirgi ikki o‘yinni barbod qilgan Gaetano Oristanioni tarkibda siqib chiqaradi. Yangi kelganlardan Mateush Viteska himoya chizig‘ida Alberto Dossena bilan bir biriga ko‘nikib ketishi shart.

Oxirgi transferlar biri Andrea Petanya “Bolonya” bilan o‘yinda jamoani o‘z ortidan ergashtira olishini namoyish qildi. Biroq, jismoniy tayyorgarligi to‘liq o‘ynashga etarli emasligi ham bilinib qoldi. Ortiqcha vaznidan ham tezroq qutilishi kerak.

Katta umidlar bilan olib kelingan Eldor Shomurodov uyg‘onishi kerak. Nafaqat sport nuqtai nazaridan. Eldor o‘zida futbolchini mentalitetini qayta uyg‘otishi, maydonda har bir to‘p uchun kurashishi talab qilinadi. “Kalyari” hali bu borada juda ko‘p chora-tadbirlarini amalga oshirishi lozim.

Stefano Borgi:

stefano-borghi

“Bolonya”dan uchralgan nokautga qaramay, “Kalyari” chempionat davomida o‘zini ko‘rsata oladi, deb hisoblayman. Chempionat startida ular jamoa xarakteri va birligini ko‘rsatishga e’tibor qaratdi. “Torino”ga qarshi ilk turda juda zo‘r o‘yin bo‘ldi, sardiniyaliklar mezbonlarni yutib qo‘yishi ham mumkin edi. “Inter” bilan o‘yinda ham “Kalyari” qo‘lidan kelganini qildi.

Vaziyatni o‘nglash uchun Klaudio Raneri hujum chizig‘idagi masalalarga echim topishi kerak. Biz Andrea Petanyani jamoaga qanday singdirish, Leonardo Pavolettini tiklanishini qanday tezlashtirish, Eldor Shomurodov jamoaga qanday yordam bera olishini tushunib etishimiz kerak bo‘ladi.

Maydon markazida Ibrohim Sulemana, Antuan Makumboning o‘yini yoqyapti. Lekin Matteo Prati muhim texnik sifatlariga tayanib, A Seriyada o‘ynay olishini namoyish qilishini kutyapman. Himoya chizig‘iga Mateush Viteska va Pantelis Xatsidiakos kabi legionerlar olib kelindi.

Xulosa qilib aytganda, “Kalyari” hali to‘liq shakllanib ulgurmadi. Biroq Klaudio Raneridek tajribali murabbiy o‘z jamoasini A Seriyada olib qolishiga ishonch bor.

Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!

Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!

Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
05/09/2023 21:11
Eldor bizni uyaltirma sendan iltimos...
Azam Nazarov
08/09/2023 21:41
Петанья, Элдор, Лувумбо учлиги қўлланганда натижа бера олади. Қалтироқ дарвозабонни эса йўқотиш керак? Бир тўпни ушлаб ололмасдан........



&
Бахриддин М.З.
06/09/2023 19:04
Фойдаси йўқ
ХОЛМУРОДОВ АМИР
06/09/2023 18:06
Канча кутиш керак жисмоний холатини яхшилаш учун.
&
Бахромжон Турсунов
06/09/2023 08:49
Элдорбекга пас бермаяпти бу жамоадошлари.
Ilhomjon Feyz
05/09/2023 21:31
Sport.uz сайти элдорга пахтакорлик қилиб, сайтни мусирга тўлдирвордилариг. Сайтни савясини хам ўйланглар.
&
Бахриддин М.З.
05/09/2023 21:17
Текинхўр хужумчи, оёғини тагига тўпни бериб, дарвозани очиб қўйса гол кради
&
Алим Ахмедов
06/09/2023 17:53
УЗИ зурга ухлади Безовта килманглар Шу Билан уйгонмайди