Shomurodovning bu ishini Mourino hech qachon unutmaydi!

  • 7 iyun, 2022, 18:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya chempionati tahlilchilari “Roma” uchun Konferentsiyalar ligasida tarixiy g‘alaba bilan   muvaffaqiyatli yakunlangan mavsumning eng yorqin va muhim to‘rt o‘yinini aniqladi.

Joze Mourino o‘tgan yili “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin, ishni tarkibni o‘zi istagan o‘yinchilar bilan kuchaytirishdan boshladi. “Chelsi”danTemmi Abraxam rekord summaga olindi. Mourino undan oldin “Jenoa”dan Eldor Shomurodovni transfer qildi. Darvozani “Vulverxempton” posboni Ruy Patrisioga toshpirdi, olis o‘lkalardan “Palmeyras” himoyachisi Mattias Vinani olib keldi.

“Trabzon” – “Roma” 1:2

Mourino shakllantirayotgan jamoaning ilk rasmiy uchrashuvi UEFA tasnifidagi yangi musobaqa – Konferentsiyalar ligasining kvalifikatsiya bosqichida Turkiyaning “Trabzonspor” klubiga qarshi bo‘ldi.

Trabzonliklar keyinchalik Turkiya Superligasida g‘olib chiqqanini inobatga olsak, 19 avgust kuni tashkil etilgan bu bahs endi oyoqqa tura boshlagan “Roma” uchun o‘ta jiddiy raqibga qarshi bo‘lgani oydinlashadi.

O‘z maydonida rimliklardan ustun kelishga harakat qilgan “Trabzonspor” 55-daqiqada mehmonlar sardori Lorentse Pellegrinining zarbasidan keyin to‘pni darvoza to‘ridan olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Kornelius hisobdagi farqni yo‘qqa chiqardi.

O‘yin yakunlanishiga to‘qqiz daqiqa qolganida hamma uchun notanish va sirli hujumchi hisoblangan Eldor Shomurodov mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, bir zumda  rimlik muxlislarning e’tibori va ehtiromini qozondi.

Joze Mourinoning “Roma”dagi ilk g‘alabasini Eldor Shomurodov ta’minladi!

5839f729ae841fb1a04bfc7a3c2434b3

“Roma” – “Sassuolo” 2:1

Ko‘rinishidan oddiy o‘yin. Lekin A Seriyaning uchinchi turidan o‘rin olgan mana shu oddiygina bahs Joze Mourinoning bosh murabbiy sifatida yubileyi – minginchi o‘yini edi. Haqiqatan, o‘ta ahamiyatli va tarixiy bellashuv. Hech qaysi murabbiy minglik dovondan oshganini salbiy natija bilan nishonlashni istamasa kerak.

Italiyaning asosiy arenalaridan hisoblangan “Olimpiko”da to‘p tepgan “bo‘rilar” Brayan Kristantening harakatlari evaziga birinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni ochgan bo‘lsa-da, o‘yinning ikkinchi yarmida Filip Jurichich hisobni tenglashtirdi.

Ustozining yubileyiga g‘alabani tortiq qilish ilinjida “Roma” futbolchilari harchand harakat qilmasin qaysar “Sassuolo”ning himoyachisini yorib o‘tib bo‘lmadi. Mourino o‘yinning oxirgi qismida maydonga Stefan El-Shaaravi va Eldor Shomurodovning tushirishi Rim klubiga ustunlikni olib berdi.

Keskin va murosasiz bahsning so‘nggi daqiqalarida Eldor Shomurodov Stefan El-Shaaravini gol urish uchun qulay pozitsiyaga chiqardi va italiyalik hujumchi zarabada odashmadi.

Mourinoning yubileyiga Shomurodovdan ajlyib sovg‘a bo‘ldi.

920__95_2302621339

“Roma” – “Latsio” 3:0

Rimning ikki klubi musobaqa jadvalining qaysi qismida bo‘lishidan qat’i nazar ularning raqobati shaharni ikkiga ayiradi. Bu gal “Olimpiko” mezbonligini olgan Mourino shogirdlari kuchli raqibga javobsiz uchta gol urdi.

Avvalgi ikki o‘yindan farqli ravishda Mourino bu bahsda Shomurodovga  o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon bermadi.

“Roma” – “Feyenoord” 1:0

UEFA tasnifiga kiruvchi uchinchi musobaqa – Konferentsiyalar ligasining finalida Nikolo Dzanolo urgan yagona gol Joze Mourinoni Evropadagi barcha xalqaro turnirlarda g‘olib chiqqan yagona murabbiyga aylantirdi.

Eldor Shomurodov finalda bir necha daqiqa o‘ynadi va Konferentsiyalar ligasida zafar quchgan birinchi va yagona o‘zbek futbolchisi bo‘lib turibdi.

Xulosa qilib aytganda, Eldor Shomurodov “Roma” uchun mavsumning eng muhim to‘rt o‘yinidan uchtasida qatnashdi va ulardan ikkitasida jamoasining g‘alabasini ta’minlagan asosiy qahramonlardan bo‘ldi.

fbc2c677e17c36028b1fc07af6dbbba6

Bo‘lajak mavsumda Eldor Shomurodovdan yanada yorqin o‘yin, ajoyib gollar va chiroyli assistlar kutib qolamiz!

O‘runovga xorijdan takliflar tushdi “Spartak” transferga tayyor, Oston nega qaysarlik qilyapti?

“Spartak”da porlagan “paxtakorchi” O‘runovga baho berdi!

“Roma” Messini tiz cho‘ktirgan futbolchini oladi!

Mourino bilan urishib qoldik!

PSJ bosh murabbiylikka Mourinoni olib keladi!

“Barselona” Shomurodovning tayyorgarligini sinovdan o‘tkazadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
salahidin
07/06/2022 21:07
Мактагандан узбек футболи ривожланмаяпти
Ilhomjon Feyz
07/06/2022 08:18
Pahta qo‘yishni bas qiling sports.uz. Ko‘pdan buyon eldorga pahta qo‘yasla. Hech bir sayt sanlachalik pahta qo‘yishmidi. Tan olig eldor italiya savysidayi futbolchi emas.
&
Kankret bola
11/06/2022 13:26
So'kishi imkoni bo'ganda mehir bilan so'kardim........
Keyingi tema Nesterovga RONALDU VA MAESSI xich qachon gol urolmagani va biza uladan shu taraflama ustunligimiz to'risida yozila
Tupoyla