“Spartak”da porlagan “paxtakorchi” O‘runovga baho berdi!

  • 6 iyun, 2022, 10:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” sobiq hujumchisi Valeriy Kechinov o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovning “Ufa”dan Moskva klubiga qaytgani va poytaxtliklarning yarim himoyachi Kristofer Martins bilan shartnoma imzolaganiga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

15698_59.1383251272.98915

- To‘g‘risini aytsam, Kristofer Martins nimalarga qodirligini to‘liq tushunib etganim yo‘q. Kuchli tomonlari borligi ko‘rinib turibdi. To‘pni olib qo‘yish, raqibning tezkor qarshi hujumini uzib qo‘yishni yaxshi uddalaydi.

Lekin bu yarim himoyachi jamoadoshlariga vaziyat yaratish bo‘yicha biron jihatini namoyish eta olgani yo‘q. Uning darajasidagi o‘yinchini Rossiyaning o‘zidan ham  topish qiyin emas. Hatto “Spartak”dagi Prutsev ham maydonda Martins qiladigan ishlarni uddalab kelmoqda. U katta hajmdagi vazifalarni bajarmoqda va to‘pni olib qo‘yishga ham usta.

Balki Martins kelajakda raqib darvozasi tomon xavfli vaziyatlar yaratishda o‘zini ko‘rsatar. Axir legionerlarga aynan shunaqa sifatlar kerak. U Nikolson blin bir paytda kelgan, Shamar esa o‘zini ko‘rsatib, jamoadoshlari uchun qulay vaziyatlar yaratib berdi va o‘zi ham gol urdi. Martins bo‘yicha bunaqa fikr aytolmayman.

- “Spartak”ga Oston O‘runov qaytdi. Unda imkoniyat bormi?

- O‘runov masalasida ko‘p narsa turli omillarga bog‘liq. Birinchi navbatda, jamoaga qaysi mutaxassis bosh murabbiy bo‘lishi muhim. Bundan tashqari, O‘runovning mavsumoldi yig‘inlarida qay holatda bo‘lishi ham ahamiyat kasb etadi. Oston futbol o‘ynay olishini hammamiz ko‘rdik. Uning texnikasi yaxshi, lekin ish hajmini to‘g‘ri bajarish bo‘yicha muammolar yo‘q emas. Shunga qaramay, O‘runov texnika nuqtai nazarida juda samarador o‘yinchi.

spartak-arsenal 15

- Bosh murabbiy Vanoli ketadi, deb o‘ylaysizmi?

- Bunaqa vaziyatda buning  ehtimoli yuqori. Oilasi uzoqda, o‘zi shu erda. Agar hammasi tinch bo‘lganida qolardi. Vanoli ketgan taqdirda ham bu klub uchun katta yo‘qotish bo‘lmaydi. Tushunishimcha, hammasi uning o‘ziga bog‘liq. Xuddi Tedeskoning vaziyatiga o‘xshaydi. Uni hech kim haydamagandi. Shu tarix Vanolida ham takrorlanyapti.

Eslatib O‘tamiz, “Spartak” 2020 yilning yozida Oston O‘runovni “Ufa”dan transfer qilib, besh yillik shartnoma imzolagan edi. O‘sha paytdagi klub bosh direktori Shamil Gazizov “Spartak” xo‘jayini  Leonid Fedun bilan kelisha olmay qolgani ortidan bu mutaxassis o‘z lavozimini tark etdi.

Gazizov atrofidagi voqealar uning tashabbusi bilan Moskva klubiga olib kelingan Oston O‘runovning faoliyatiga ham salbiy ta’sir qildi. “Spartak” murabbiylari legionerimizga o‘zini ko‘rsatishi uchun etarli imkon bermadi.

O‘runov keyinchalik ikki marta ijara asosiyda “Ufa”da o‘ynadi. O‘tgan mavsumni ham Boshqirdiston jamoasida o‘tkazgan hamyurtimiz yana “Spartak”ga qaytadigan bo‘ldi. Chunki “Ufa” premer-ligani tark etganidan keyin O‘runov transferiga bir million evro topolmasligini ma’lum bo‘ldi va klub hamyurtimiz bilan xayrlashdi.

O‘runovning qaytishiga munosabat bildirgan Valeriy Kechinov “Paxtakor” futbolchisi bo‘lgan. U Toshkent jamoasi safida 1992-1993 yillarda 38 ta uchrashuvda 30 ta gol urgan. O‘zbekistonning birinchi chempionati g‘olib va to‘purari bo‘lgan.

Kechinov 1993 yli “Spartak” jamoasiga ko‘chib o‘tib, olti karra Rossiya chempioni bo‘ldi. Evrokuboklarda ham ishtirok etib, xalqaro maydonda 31 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi.

1340105

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida uchta o‘yin o‘tkazgan. Keyinchalik Rossiya terma jamoasida olti marta maydonga tushib, bir juft to‘p kiritgan.

“Roma” Messini tiz cho‘ktirgan futbolchini oladi!

PSJ bosh murabbiylikka Mourinoni olib keladi!

“Real” yulduzi “Roma”ni mensimadi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!