Shomurodovning davri keldi. “Roma” Eldorga suyanadigan bo‘lyapti!

  • 5 sentabr, 2024, 18:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan milliy ligalarda qisqa tanaffus e’lon qilinib, klublar ayrim o‘yinchilarini mamlakat terma jamoalariga kuzatib qo‘ydi.

Tecno

“Roma” jami 19 nafar futbolchisini xalqaro miqyosdagi uchrashuvlarga qo‘yib yubordi. Rimliklar dastlabki noxush xabarni oldi.

Yozda “Jirona”dan 30 million evrodan ortiqroq mablag‘ evaziga Rimga olib kelingan ukrainalik legioner Artyom Dovbik jarohat tufayli terma jamoasi ixtiyoridan klubga qaytdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dovbik A Seriyaning avvalgi turida “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin mushaklarida og‘riq sezgan. Shunga qaramay, hujumchi Millatlar ligasidagi ishtirok etish uchun terma jamoa yig‘iniga jo‘nab ketgandi.

Ukraina terma jamoasi yaqinlashib kelayotgan shanba kuni Albaniya va seshanba kuni Chexiyaga qarshi rasmiy uchrashuv o‘tkazishi belgilangan. “Roma” vakili bo‘lajak bellashuvlarda ukrainaliklarga yordam bera olmasligi aniq bo‘ldi.

- Hujumchi Artyom Dovbik Ukraina terma jamoasining Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Albaniya (7 sentyabr) va Chexiya (10 sentyabr) terma jamoalariga qarshi uchrashuvida qatnasha olmaydi. “Roma” safidagi o‘yinda futbolchi olgan jarohat uning umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazishiga imkon bermadi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik Dovbikka jarohatdan tiklanishi uchun ko‘proq vaqt kerakligini ko‘rsatdi. Shu bois, hujumchini klub ixtiyoriga qaytarib yuborishga qaror qilindi. Endi u klub tibbiyot bo‘limi mutaxassislari nazorati ostida davolanishni davom ettiradi, - deb bayonot berdi Ukraina terma jamoasi matbuot xizmati.

Italiya futbolining nufuzli manbalaridan calciomercato.com saytining yozishicha, klub rahbariyati Dovbikning jarohatidan bezovta. Tibbiyot bo‘limiga hujumchini “Jenoa” bilan bo‘ladigan o‘yinchigacha oyoqqa turg‘azish vazifasi qo‘yilgan. Artyom Dovbik endi rimlik shifokorlar nazoratida ko‘rikdan o‘tkaziladi va jarohat darajasi, o‘yinchining qachon safga qaytishi aniqlashtiriladi.

Aytish joizki, “Roma”da yozgi transferlardan keyin atigi  ikki markaziy hujumchi – Artyom Dovbik va Eldor Shomurodov qoldi. Agar ukrainalik o‘yinchining tiklanishi cho‘zilsa, rimliklar Shomurodovga suyanishiga to‘g‘ri keladi.

Eldor yangi mavsumda hozircha, "Roma"da zaxira futbolchisi vazifasini bajarib kelmoqda. O‘yin vaqti kam berilayotganiga qaramay, hamyurtimiz “Roma”ning yangi mavsumdagi yagona goli muallifi hisoblanadi. 

Shomurodovga Evropada yana imkoniyat berishga qaror qilishdi!

Mashhur yulduzning peshonasiga o‘zbeklar bilan o‘ynash yozilgan ekan...

Husanov va bir necha o‘yinchini qo‘yib yuborishdi!

Shomurodov zo‘r o‘yinchi edi, lekin “Roma”da uni “bo‘g‘ib” qo‘yishdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдилхамит
06/09/2024 07:29
Омадинг келди Абдиллажон.Кандингни Ур Абдиллажон.