
Shomurodovning harakati zo‘r, biroq...
A Seriyaning 32-turida “Roma” futbolchilari chempionatning eng zaif jamoasi – “Salernitana”ni qabul qilib, bazo‘r g‘alaba qozondi. Mehmonlar 82-daqiqagacha hisobda oldinda borgandi. Biroq ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Joze Mourino tomonidan qilingan o‘zgarishlar, ya’ni maydonga zaxiradan Eldor Shomurodov, Karles Peres, Nikolo Dzanolo, Nikola Zalevski va Jordan Veretuning tishirilishi o‘yin oxiriga kelib samara berdi.
Uzoq vaqt davomida muxlislarni xavotirda ushlab turgan “bo‘rilar” uch daqiqa ichida ikkita gol urib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirib yubordi.
Italiya chempionati tahlilchilari g‘alabali o‘yindan keyin “Roma” futbolchilarining uchrashuvdagi harakatlarini baholab chiqmoqda. Xususan, Italiya futbolini yoritishda etakchilardan bo‘lgan www.calciomercato.com sayti ekspertlari rimlik charm to‘p ustalarining o‘yinini quyidagicha baholadi.
Rui Patrisio, 6.5 ball:
Avvalgi uchrashuvda yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatish va muxlislar oldida o‘zini oqlab olishga harakat qildi. Ancha ishonchli o‘ynaganiga qaramay, raqiblar vakili Radovanovichning zarbasi qaytara olmadi. Ikkinchi bo‘limda, Grigoris Kastanosning hujumini bartaraf etib, jamoasini qutqardi.
Marash Kumbulla, 5.5 ball:
20 daqiqadayoq sariq kartochka olib, harakatlari cheklanib qoldi. “Salernitana” o‘yinchilariga etarli qarishilik qila olmadi. Tanaffusda o‘rnini Nikolo Dzanologa bo‘shatib berdi.
Nikolo Dzanolo, 6 ball:
Rimlik muxlislar o‘z yoqimtoyini olqishlar bilan kutib oldi. Nikolo ham bunga javoban faol o‘ynashga harakat qildi.
Kris Smolling, 7 ball:
Himoyada bexato o‘ynadi. Oldinga yordamga borishi kerakligi his qildi. O‘yin oxirida g‘alaba to‘pini kiritib, jamoasiga uch ochko olib berdi.
Rojer Ibanes, 6 ball:
Qanotdagi hujumchilarni uyushtirishda, bosimni oshirishda Stefan El-Shaaraviga yordam kerakligini anglab, faol o‘ynadi. Bundan tashqari, raqibga hujum uyushtirish imkonini bermaslik asosiy vazifasi ekanini ham unutgani yo‘q. Ayrim holatlarda bu vazifalarni kerakli darajada uddalashga qiynalgani ham ko‘rinib qoldi.
Rik Karsdorp, 5.5 ball:
Rik o‘yin davomida raqib futbolchisi Luka Raneri bilan kurashishiga to‘g‘ri keldi. Ayrim vaziyatlarda raqobatchisiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Brayan Kristante, 5 ball:
Norvegiyaning sovug‘i Kristantening suyaklarigacha o‘tib ketgan shekilli. Radovanovichning golga aylangan zarbasining oldini ololmadi. Ancha bo‘sh o‘ynadi.
Jordan Veretu, 6 ball:
75 daqiqada Kristantening o‘rniga tushdi.Yaqinda yuz bergan kelishmovchiliklardan so‘ng murabbiylar shtabi ishonchini oqlashga harakat qildi.
Serjiu Oliveyra, 6 ball:
U asosan aqliga tayanib o‘ynaydi. Biroq, “Roma”dek jamoada baquvvat mushaklarni ham ishga solish kerak. Uchrashuv davomida Temmi Abraxamni qulay vaziyatga chiqarishga harakat qildi. 68 daqiqada o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.
Eldor Shomurodov, 6 ball:
Eldor Shomurodov o‘yinga faol qo‘shildi. Tana harakatlarida engillik va tezligi sezilib turdi. Biroq, bugungi kunda uning bu ishtiyoqi gol urishga kamlik qilmoqda. Darhaqiqat, uchrashuv oxirlab borayotgan bir pallada himoyachilardan tezlikda o‘tib, murakkab vaziyatdan aniq zarba yo‘lladi. Raqib darvozaboni gol bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi.
Stefan El-Shaaravi, 5 ball:
Nikola Zalevskiga joyini boy bergan El-Shaaravi maydonda Genrix Mxitaryanga yordam berishga harakat qildi. Birinchi bo‘limda raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Zo‘r davrlari Xitoy chempionatida qolib ketganga o‘xshaydi. 68-daqiqada o‘rnini Zalevskiga bo‘shatib berdi.
Nikola Zalevski, 6.5 ball:
Maydonga qaytib, asosiy tarkibga loyiq ekanini isbotlab qo‘ydi. Juda faol o‘ynadi.
Feliks Afena-Gyan, 6 ball:
Iste’dodli futbolchi butun jamoani harakatga keltirishga urindi. Biroq uning seraharakatliligi kutilgan samarani bermadi. Tajribasi kamligi pand bermoqda. Biroq, uning o‘zi o‘sish uchun to‘xtamoqchi emas.
Karles Peres, 7 ball:
Feliksning o‘rniga tushgan ispan hujumchisi bir zarba bilan “Olimpiko”ni portlatdi. Chempionatdagi birinchi golidan keyin ham ancha faol o‘ynadi.
Genrix Mxitaryan, 6 ball:
Armanistonlik futbolchi asosan ikki vaziyatda nazarga tushdi. To‘rtinchi daqiqada “Salernitana” darvozasiga birinchi zarbani berdi. Keyin El-Shaaravini qulay vaziyatga chiqarishda to‘g‘ri pas bera olmadi. Ikkinchi bo‘limda, Peresga golli pas uzatdi.
Temmi Abaxam, 6 ball:
Angliyalik futbolchi ancha kurashuvchan chiqib oldi. Gol ura olmagan bo‘lsa-da, butun maydon bo‘ylab kurashdan to‘xtamadi. Hujumdan tashqari, himoyachilarga yordam berishni ham unutmadi. Tabiiyki, o‘yin davomida xatolar ham bo‘ldi.
Joze Mourino, 6 ball:
Boshida raqibni mensiagandek ko‘rinda. Ikkinchi bo‘limda himoyailar sonini to‘rttaga etkazishga majbur bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda amalga oshirgan almashtirishlari o‘z samarasini berdi. Kuchliroq raqib bo‘lganida Mourino ancha qiynalib qolardi.
Fikrlar