“Spartak” O‘runovni sotadi. Ostonga xaridor chiqdi!

  • 15 iyun, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oldidan Rossiya premer-ligasidagi yagona vakilimiz Oston O‘runovning faoliyatida yangilik bo‘ladigan ko‘rinadi. “Spartak” rahbariyati o‘zbekistonlik legionerni sotishga qaror qildi.

Tecno

Avvalroq, Oston O‘runov “Ufa”dan ijaradan qaytganidan keyin klub rahbarlari qaroriga ko‘ra Milliy futbol ligasida o‘ynaydigan “Spartak-2” jamoasiga o‘tkazilgan edi. Rejaga ko‘ra, hamyurtimiz kelasi mavsumga aynan ikkinchi jamoa bilan birga tayyorlanib, mavsumni quyi ligada o‘tkazishi kerak edi.

large (2)

“Spartak” bosh direktori Evgeniy Melejnikov klub tarkibida bo‘ladigan ayrim o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.

- Biz “Ufa” klubidan Oston O‘runov transferi sotib olish taklifini oldik. Rahbariyat uni qabul qilishga yaqin turibdi va yakuniy qaror tez kunlarda chiqariladi. “Spartak” bu transferdan yutadimi? Bu foyda keltirmaydigan transfer bo‘ladi. O‘runovning “Ufa”ga ijaraga bepul bergandik, shunga qaramay, ma’lum miqdorda pul o‘tkazib berishdi. Balki to‘liq transfer borasida ham kelishib olarmiz, - dedi Evgeniy Melejnikov.

Bundan tashqari, moskvakliklar bosh direktori jamoa yarim himoyachisi Aleks Kralga “Vest Xem”dan bo‘layotgan takliflar borasidagi xabarlarga ham oydinlik kiritdi. Melejnikov bu yarim himoyachi bo‘yicha hech qanday taklif yo‘qligini va uning hozircha transfer summasi aniq emasligini ma’lum qildi.

“Spartak”ning eng omadsiz transferi sifatida braziliyalik hujumchi Pedro Rosha tan olindi. 2017 yilda Moskva klubiga kelgan futbolchi keyinchalik “Kruzeyro” va “Flamengo” jamoalariga ijaraga berildi, 2021 yilda ortga qaytib,  “Spartak-2” jamoasida o‘ynadi. Biroq, murabbiylar shtabining e’tiborini qozona olmadi.

1619818459605418215_1

“Spartak” sport direktori Dmitriy Popovning aytishicha, Rosha navbatdagi yig‘inga taklif qilingan. Biroq, bu legioner koronavirus, sog‘lig‘i va moliyaviy muammolar girdobida qolgani aytilmoqda.

Shuningdek, ayni paytda “Spartak” tarkibida jami o‘n nafar legioner - Samuel Jigo, Ayrton, Aleks Kral, Yorrit Xendriks, Viktor Mozes, Oston O‘runov, Kvinsi Promes, Pedro Rosha, Jordan Larsson va Esekel Ponse bor. Rossiya premer-ligasi limitiga ko‘ra, bir jamoa bir mavsumda faqatgna sakkiz nafar chet ellik o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkaza oladi. Demak, klub kamida ikki nafar xorijlik o‘yinchiga javob berishi kerak. Katta ehtimol bilan bu Oston O‘runov va Pedro Rosha bo‘ladi.

Oston O‘runov Rossiyaga 2020 yilning boshida yo‘l olgan edi. Ungacha “Navbahor” va Toshkentning “Lokomotiv” jamoalarida to‘p tepgan yarim himoyachi Rossiya premer-ligasida “Ufa” tarkibida yarim mavsum yuqori saviyada o‘ynadi. Uning kreativ o‘yin uslubi Rossiyaning deyarli barcha grand klublari e’tiborini qozondi.

Biroq, Ostonning Rossiya futboliga kirishida asosiy xizmatni qilgan Shamil Gazizov uni O‘zi bilan “Spartak” jamoasiga olib keldi. Mavsum oldidan koronavirus yuqtirib olgan hamyurtimiz chempionatga etarli darajada tayyorlana olmadi. Keyin esa “Spartak” tarkibidagi bir necha o‘yindan so‘ng, qishda “Ufa”ga ijaraga berildi. Qishki transferlar vaqtida Ostonga “Rubin”, mavsum oxirida “Ufa” xaridor bo‘ldi. Moskvaliklar qozonliklardan bu transfer uchun olti million, ufaliklardan uch million talab qilgandi. Biroq, har ikki klub bu summani qabul qilmadi.

Q9tNeuVdmsM

Ufaliklar O‘runov uchun bir million evro bermoqchi edi. Endi “Spartak” shu summaga rozi bo‘lgan ko‘rinadi.

Legionerimizga bosim qilishyapti!

Shomurodov ko‘p yulduzlardan oldinda ekan!

O‘zbekiston Yamanni bazo‘r yutganiga ishonmanglar!

O‘runovga Chempionlar ligasi ishtirokchisi xaridor!

Abdixoliqov yana legioner. U Evropaga yo‘l oladi!

Shomurodovga “Yuventus” kerakmi?

Shomurodovni yulduzli onlar kutmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!