
Srechko Katanets nima uchun Oston O‘runov va Shahboz Umarovni MTJ yig‘iniga chaqirganini izohladi
O‘FA anjumanlar zalida MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda jamoamiz bosh murabbiyi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar holati haqida gapirdi:
"Kimdir yaxshiroq, kimdir yomonroq holatdadir. Ammo shuni bilamanki, Oston O‘runov, Shahboz Umarov kabi futbolchilar yaxshi sifatlarga ega. Ular hali yosh va MTJga yordam bera oladigan darajaga qisqa muddat ichida erishishi mumkin.
Superligada 30 yoshga to‘lmagan ba’zi futbolchilar bor, ular haligacha milliy jamoadan chaqiruv olmagan. Men ularni kuzataman, ular o‘z o‘yinini yaxshilashi lozim. Hozir chaqirgan futbolchilarim zamonaviy futbolda kerak bo‘lgan hususiyatga ega futbolchilar hisoblanadi.
Kamerun va Kosta-Rika darajasidagi raqiblarga qarshi bellashuvlarga duch kelgan futbolchini jalb qila olmaymiz. Bizga optimal tarkib kerak.
Men hozir chaqirmagan ba’zi futbolchilarni Koreya yig‘inida kerak emas deb hisobladim. Ammo kelajakda ularni jalb etishim mumkin. Barchani kuzatishda davom etaman. Aks holda, qiynalamiz".
Srechko Katanets: "Kamerunga muammo tug‘dirmoqchi bo‘lsak, Iskanderov bizga yordam bera olmaydi"
"Terma jamoada raqobat bo‘lishi kerak emas" - Srechko Katanets
Katanets: "Masharipov, Shomurodov kabi futbolchilarga ko‘rsatma berish shart emas"
"Noyabrda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini tashkil etiladimi?" - Srechko Katanetsdan munosabat
"Ba’zi futbolchilar dimog‘dor bo‘lib qolgan" - Srechko Katanets ayrim iste’dodlarni tanqid qildi
Katanets: "Husain Norchaev ko‘proq yugurib, pressing qilishi kerak"
Fikrlar