“Top-5” yoki Turkiya: Shomurodov qaysi jamoani tanlagani ma’qul?

  • 21 iyun, 00:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov kelajagi bo‘yicha muhim qaror qabul qilishi talab etilmoqda.

Tecno

Yangi mavsum markaziy hujumchimiz uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Shomurodov kelasi yozda O‘zbekiston milliy terma jamoasini sardor sifatida AQSh,Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionati uchrashuvlariga boshlab tushishi kerak.

Eldor faoliyatidagi eng muhim turnirga ideal sport formada etib borishi uchun mavsumni qaysi jamoada bo‘lsa-da, asosiy tarkibda o‘tkazib, muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi lozim. Eldor yaqinda “Roma”ning yangi bosh murabbiyi Jan Pero Gasperinining sinovidan o‘tishga tayyor ekanini ta’kidlagan edi.

Terma jamoamizning muvaffaqiyatidan keyin xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatgan futbolchilarimizga xaridorlar chiqa boshladi. Xusasan, Eldorning o‘ziga AQSh va Turkiyadan taklif bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, legionerimizning Frantsiyaga ham yo‘li ochiq.

UEFA tarkibiga kiruvchi Turkiya chempionati keyingi yillarda “top-5” ligalaridan mashhur o‘yinchilar va murabbiylarni olib kelish orqali, Superliga mavqeini oshirib bormoqda. Turklarning bir necha klublari anchadan beri Eldor Shomurodovga ko‘z tikib keladi. Bu gal mavsumni beshinchi o‘rinda yakunlagan “Bashakshehir” yangi chempionat oldidan tarkibini aynan o‘zbek hujumchisi yordamida kuchaytirmoqchi.

Turklar Shomurodovga bo‘lgan qiziqishi jiddiyligini namoyish qilish uchun “Roma”ga rasmiy taklif yubordi. “Bashakshehir” yaqinda transfermarkt portalida narxi bir millionga ko‘tarilib, besh million evroni tashkil qilgan hujumchi uchun rimliklarga 7 million evro va’da qildi.

Endi Eldor Shomurodov oldida Frantsiya varianti ham paydo bo‘ldi. Liga 1 vakili “Renn” ham “Roma”dan o‘zbek futbolchisining transferi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni so‘radi. Frantsiya klubi ham kelasi mavsumda yuqori o‘rinlar va Evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashishni maqsad qilgan. Tabiiyki, bunga erishish uchun tarkib ham talab darajasida bo‘lishi kerak.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Eldor Shomurodovning o‘yin xarakteristikasi va salohiyati “Renn”ning oldingi chiziqdagi muammolarini hal qilishda juda qo‘l kelishi mumkin. Qolaversa, hujumchining transfer narxi ham Frantsiya klublari uchun qimmatlik qilmaydi.

Turkiya Superligasidan farqli o‘laroq, Frantsiya chempionati “top-5” ligalari qatoriga kirishi ham o‘yinchining tanloviga ta’sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Evropada transfer bozorining katta qismi hali oldinda. Eldor Shomurodov uchun kurashga Italiya klublari qo‘shilishi ham tabiiy hol. Ayniqsa, legionerimizning mavsumni ikkinchi qismini yuqori darajada o‘tkazgani, hal qiluvchi pallada “bo‘rilar”ning asosiy figuralaridan biriga aylana olgani uning “bozori qaynashi”da muhim omil omil bo‘ladi.

Hurmatli muxlislar, siz nima deb o‘ylaysiz, Eldor Shomurodov qaysi yo‘lni tanlagani ma’qul: Italiyada qolgani yaxshimi yoki AQShga ketgani? “Top-5” ligalarida o‘ynash kerakmi yoki Turkiya variantini tanlash to‘g‘ri bo‘ladimi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring...

 

Nima bo‘ldi? Bir jamoa birdaniga zo‘r o‘ynab turgan to‘rt legionerimiz bilan xayrlashdi!

Shomurodovdan syurpriz!
Shomurodovning transferini kim hal qiladi?
Shomurodov “bomba” transfer bo‘ladi! Evropaning mashhur ligasida Eldorni kutishyapti
O‘tkir Yusupovning bu “ishi”ni hech kim unutmaydi!

Fayzullaevni jamoaga olishni istashmagandi...

Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!

Legionerimiz Evropada yurish qilishga tayyor!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
21/06/2025 07:05
Ассалому алейкум,аввало Элдорга омад тилаймиз қайси клубда ўйнаши ўзи ҳал қилса яхши бўларди фикримни билдириб ўтсам Туркия клублари ҳам яхши, хозирда ривожланиб Турклар Европада ўзларини кўрсатиб келишябди манимча Европанинг қайси клубидан харидор чиққан бўлса шу клубда шйнасаҳам бўлади битта лекин жойи бор Европаликлар хозирда ёши ўтган футболчиларни кўп ўзида сақлаб қолмайди хозирги кунла ёшларга эътибор қаратишябди айниқса хозирги кунда Европада қолса бир йил ўйнатади талабга жавоб бермаса дарров сотиш варянтини кўриб чиқишябди Элдор қайси клубда ўйнамасин ўртамиёна клубларда ўйнагани мақул улар хадемай сотишни ўйлашмайди маблағ борасида қийнчилик туғдиради уларда нима бўлсаям бизнинг фахримиз бўлган Элдорга замиша омад тилаб қоламиз.ОЛҒА ЎЗБЕКИСТО.