“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

  • 11 iyul, 2021, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa kuchli beshlik jamoalari kelasi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mavsumlar oralig‘i asosan jamoalarga yangi murabbiy tayinlash, kuchli futbolchilar transferini amalga oshirish, tarkiblarni shakllantirish, o‘yinchilarning jismoniy, texnik-taktik tayyorgarligi, o‘yin amaliyotini oshirish bilan o‘tishi barchamizga ma’lum.

Tecno

O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi kundagi eng yorqin yulduzi Eldor Shomurodov Italiyadagi dastlabki mavsumida murakkab chempionatga moslashib olishdan tashqari, o‘z iste’dodi, salohiyati, to‘purarlik qobiliyati va futbolchi sifatidagi ustunliklarini namoyon eta oldi.

188882852_4594841867193364_7776776766748416299_n

Tabiiyki, Shomurodovga Genuyaga kelguncha ham, keyingi paytda ham turli mamlakatlar klublaridan qiziqish bo‘lgan va hamon bor. Chunki bugungi kunda transfer summasi nisbatan arzon, katta maosh so‘ramaydigan, shunga yarasha mehnatkash, kurashuvchan, harakatchan, tartib-intizomli va odamgarchiligi bilan ajralib turadigan o‘yinchilar yuqori darajada qadrlanayotgani hech kimga sir emas. Eldor aynan ana shu talablarga to‘liq mos tushadigan futbolchilar tipiga kiradi.

Rossiyaning futbolga ixtisoslashgan soccer.ru saytining xorijdagi manbalariga tayanib xabar tarqatishicha, “Roma”ni qabul qilib olib, yangi tarkibni shakllantirayotgan Joze Mourino klub rahbariyatidan Eldor Shomurodovni olib kelishni so‘ramoqda. Hamyurtimiz mashhur murabbiy bilan shaxsan tanish ekani haqida ko‘p bor yozilgan.

511945_original

Futbolchimizning agentlaridan biri German Tkachenko o‘ziga murojaat qilgan jurnalistlarga  Joze Mourino anchadan beri Eldor Shomurodovni kuzatib kelishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Mourino “Tottenxem”ni boshqargan davrda o‘zbek futbolchisini transfer qilishni istagan ekan. Biroq, o‘sha paytda Shomurodovda jarohat bo‘lgani sabab, bu transfer amalga oshmay qolgan.

Italiya matbuoti esa, Mourino Rim klubini qabul qilib olganidan keyin o‘zbekistonlik hujumchiga yana e’tibor qaratishi mumkinligini yoza boshlagan edi. Ularning bu taxmini o‘zini oqlay boshladi.

Bu holatda ko‘p narsa “Jenoa” rahbariyatining rejalari va qarorlariga bog‘liq bo‘ladi. Aslida qishki transferlar vaqtida “Yuventus” Shomurodov masalasida “Jenoa”ga murojaat qilgan, lekin bunga javoban, Genuya klubi prezidenti Enriko Pretsiozi mavsum oxiriga qadar Eldor o‘z joyida qolishini ta’kidlaganini aytgan edi.

Mavsum oxirida legionerimiz gol urish bobida Krishtianu Ronaldu, Romelu Lukaku, Muriel kabi hujumchilarni ortda qoldirganidan keyin Eldorga bo‘lgan ishonch yanada oshdi. Buyog‘iga “Jenoa”  uni transfer qilishga shoshilmaydi va narxi yanada ko‘tarilishini kutadi.

Bu borada German Tkachenko “Jenoa” rahbariyati Shomurodovni hali sotmoqchi emasligini ham bildirdi. Ularning rejasiga ko‘ra, kelasi mavsumda Eldor Shomurodov o‘zini ko‘proq ko‘rsatishi va gol urishi uchun etarlicha o‘yin vaqti ajratiladi. Hujumchining narxi oshganidan keyin boshqa klublar taklifi o‘rganiladi. Aslida “Jenoa” yuqori saviyali hujumchilarni kashf etish borasida usta jamoa hisoblanadi va genuyaliklar Evropa futboliga bir qator mashhur to‘purarlarni tarbiyalab bergan.

18597042_0_36_1917_1114_1920x0_80_0_0_7c89eaf106c4f69f4531bbd3decf87a3

Xulosa o‘rnida aytish kerakki, Eldor Shomurodovni qizg‘in mavsum kutmoqda. Hamyurtimizning o‘zi ham “Jenoa” unga katta jamoalarga o‘tishida o‘ziga xos tramplin bo‘lishini biladi. Shunday ekan, Eldorga omad tilagan holda, uning faoliyatini sinchkovlik bilan kuzatishda davom etamiz!

Portugaliyalik bosh murabbiy O‘runovga baho berdi!

Legionerlarimiz premer-liga sari yurishni boshlaydi!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

Abramov ishonch bildirmagan to‘purar legionerimizni Evropaga sotishmoqchi!

Oston O‘runov Evropa jamoasi taklifini rad etdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
10/07/2021 22:34
ЖОЗЕ МОУРИНО БИЛАН ИШЛАСА АНЧА ЎССА КЕРАК ЭЛДОР. РОМА ҲАМ КАТТА ЖАМОА, ЛЕКИН ЖЕНОА ҲАЛИ БЕРИ ЭЛДОРНИ ҚЎЙИБ ЮБОРМОҚЧИ ЭМАС. ЭЛДОРГА УЛКАН ОМАДЛАР ТИЛАБ ҚОЛАМИЗ.
Akbarali Abdunazarov
11/07/2021 19:56
Элдор инглиз, италиян тилларини яхшилаб урганиб олишга харакат кил савиянг ошади!Насиб булса яхшилаб харакат килсак сен билан ЖЧ 2026 га чикамиз, худо хохласа!
Akbarali Abdunazarov
11/07/2021 19:53
Женоада плеймейкер йук, шундай булса хам Элдор 10 та гол урди!
Akbarali Abdunazarov
11/07/2021 19:51
Женоада химоя билан ярим химоя яхши эмас, агар Элдор бошка бир кучлирок клубга утса янада порлайди. Элдор Жоьзе хаммани хам чорлайвермайди. ЖЕНОАга агар Элдорни урнига Левандовскийни куйса хам Женоадаги бундай ярим химоя билан Элдордан куп гол улмас эди, гапимга жавоб, ЭЛДОР ишларингга ривож хамиша омад сен билан енма ен юрсин,Каршидан Насаф мухлиси!
&
Ашуров Бахтийор
10/07/2021 22:26
Та держать Шамурадов!!!