Xavi "Barsa"ning sobiq yulduzini qaytarmoqchi
"Barselona" bosh murabbiyiga aylangan Xavi jamoaning eski futbolchilarini qaytarmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik mutaxassis "Liverpul" yarim himoyachisi Tyago Alkantarani Kataloniyaga olib kelmoqchi. U rahbariyatga bu borada murojaat bilan chiqqan.
Alkantara "La Masiya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchilik faoliyatini "ko‘k-anorranglilar" libosida boshlagan ispan xavbeki 2013 yilda "Bavariya"ga yo‘l olgan. O‘tgan yilda esa, u "Liverpul" tarkibiga kelib qo‘shilgan edi.
30 yoshli futbolchi joriy mavsum mersisaydliklar safida 7 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
"Barsa"ning yana bir sobiq yulduzi ortga qaytishga yaqin turibdi

Fikrlar