Yaqinlarini yo‘qotgan Habib Nurmagomedov xalqqa murojaat qildi

  • 19.05.2020 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC chempioni Habib Nurmagomedov  koronavirus pandemiyasi munosabati bilan dog‘istonliklarga murojaat qilib, xalqni birlashishga chaqirdi.

Koronavirus  tufayli yuz berayotgan voqealar yuzasidan hamyurtlarimga, dog‘istonliklarga murojaat qilyapman. Hozir hamma birlashadigan payt. Tartibga, intizomga, shifokorlar talabiga amal qilaylik. Vaziyat og‘ir. Shaxsan mening  yaqin qarindoshlarimdan 20 nafardan ortig‘i reanimatsiyaga tushdi. Ularning ko‘pi endi oramizda yo‘q.

Internetda otam haqida ko‘p yozishyapti. Haqiqatan uning ahvoli o‘ta og‘ir. Koronavirus tufayli yuragidagi muammolar boshlandi. O‘tgan yili operatsiya qildirgandik. Operatsiya yana takrorlandi. Allohdan uni qaytarib berishini so‘raymiz. Alloh barchamizga madadkor bo‘lsin!", - dedi Habib Nurmagomedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
fc.navbahor
19/05/2020 09:28
Allox shifo bersin