Yaxshiboev gol urgan uchrashuvdan keyin “realchilar” uchga bo‘lindi!

  • 2 oktabr, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa matbuoti hamon Chempionlar ligasidagi sensatsion uchrashuv – “Real” va “Sherif” bahsini muhokama qilishda davom etmoqda. Jasur Yaxshiboev va Sebastyan Tillning gollari ushbu bahsga bevosita guvoh bo‘lish uchun “Santyago Bernabeu” kelgan va o‘yin translyatsiyasini turli vositalar orqali tomosha qilgan butun dunyodagi “realchilar”ni larzaga solgani rost.

Tecno

Xorij ommaviy axborot vositalarining yozishicha, futbol ishqibozlarining mazkur uchrashuv bo‘yicha fikr-mulohazalarini o‘rganib chiqqan ekspertlar qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin “Real” muxlislari uchga bo‘linib ketganini ma’lum bo‘ldi.

Hozir shular haqida to‘xtalamiz.

Birinchi guruh – “Qirollik klubi” o‘yinchilarining o‘z maydonida Chempionlar ligasining eng zaif jamoasi, deb e’tirof etilgan “Sherif”ga yutqazganini umuman hazm qila olmayotgan ashaddiy fanatlardan tarkib topgan.  

Ular alamli mag‘lubiyatda bosh murabbiy Karlo Anchelotti va futbolchilarni ayblamoqda. Fanatlar ilgari surayotgan shiorlar “Bu jamoaning yuragi yo‘q”,  “Agar keyingi uchrashuvda Karlo Anchelotti “Sherif”ga qarshi o‘ynagan futbolchilarni maydonga tushiradigan bo‘lsa, men bu bahsni tomosha qilmayman!”, “Bu futbolchilarning birortasi formasiga tushirilgan klub emblemasi uchun kurashgani yo‘q” qabilidagi alamli munosabatlardan iborat bo‘lmoqda.

zhosur-yashiboev-sherif

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ikkinchi guruh har qanday vaziyatda ham o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlaydigan sodiq ixlosmandlardan iborat ekan. Ular qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin ham “Real”ga ishonchini so‘ndirgani yo‘q, aksincha, futbolchilarning ruhiyatini ko‘tarishga harakat qilmoqda.

Bu guruhdagilar o‘yin borasida “Men kemadan tushmayman,  “Shaxtyor” bilan yuz bergan tarix yana qaytalandi, olg‘a Madrid!”, “ Qancha va qanday yutqazsangiz ham men sizlarni yaxshi ko‘raveraman”, “Bugun men har qachongidan ham kuchliroq “realchi”man!”, degan fikrlarni ilgari suryapti.

Uchinchi toifa muxlislar esa “mag‘lubiyatni tan olish ham mardlik” qabilida yo‘l tutayotgan ishqibozlardir. Ular “Sherif” futbolchilari o‘z mehnatlariga yarasha tarixiy natijaga erishganini e’tirof etmoqda. Bu guruhdagi muxlislar raqibni g‘alaba bilan tabriklashga ham tayyor ekan.

Xususan, bag‘rikengligini namoyish qilgan “Real” tarafdorlari “Bu uchrashuvdan uyalish kerak emas”, “Bor kuchimiz bilan harakat qildik”, “Keling, mard bo‘lib “Sherif” g‘alabaga loyiqligini tan olaylik”, “Ular maydonga jang qilish uchun tushgan edi”, “Madridni chin dildan sevaman, lekin “Sherif” darvozaboni zo‘r o‘ynadi”, “Ular saralashning to‘rt bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan”, “Sherif” har qanday jamoani yutib qo‘yishi mumkin”, “ Futbolda shunaqasi ham bo‘ladi, ularga balli”, degan ijobiy fikrlarni o‘rtaga tashlamoqda.

5607cc0ee404f5255fca0fc1ba773820

Shuningdek, biz ham ijtimoiy tarmoqlarda hamyurtlarimizning “Real” – “Sherif” uchrashuviga qoldirgan fikrlarini kuzatib bordik. Garchi yurtimizda “Qirollik klubi” muxlislari ko‘p bo‘lsa-da, ularning aksariyati umumiy ma’noda, Jasur Yaxshiboev gol urgani uchun ham “Real”ning mag‘lubiyatidan xafa bo‘lmaganini, ayrimlari esa hatto xursand bo‘lganini bildirgan.

Demak, “Sherif” va Jasur Yaxshiboevning o‘yinlarini kuzatishda davom etamiz. Moldova jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi uchinchi tur uchrashuvini Milanda Italiya Chempioni “Inter”ga qarshi o‘tkazadi. Bu bahs 19 oktyabrga belgilangan.

O‘runov “qariyalar” ichida qolib ketdi

Yaxshiboevga Rossiya grandlaridan taklif bo‘lishi kutilmoqda

Mashhur darvozabon Kurtua Yaxshiboev va Tillga tan berdi: Gollarning ijrosi mukammal edi!

Shomurodov bugun “Roma”ga g‘alaba keltirishga tayyor, Mourino esa bu oson emasligini aytdi!

Konferentsiyalar ligasi. Mourino bugun Abraxam o‘rniga Shomurodovni o‘ynatmoqchi!

“Real”ni nokaut qilgan qahramonlar – Polsha ishonmagan Yaxshiboev, Gretsiyada zaxiraga mixlangan Atanasiadis va Rossiyada so‘nib qolgan Till!

Xarakteri juda og‘ir Yaxshiboev nega katta pullardan voz kechgan yoxud uni Shomurodovga tenglashtirsa bo‘ladimi?

Mourinoga butsamni otib yubordim!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
01/10/2021 21:55
Биз Жасур Яҳшибоев ва Шериф учун муҳлислик қилдик. Гарчан ўзимиз ҳам Реал муҳлиси бўлсакда. Бу 4-тойифага бўлиниш диейлади.
Футбол Теоремасидан парча.
Бу Акциёма, яни исбот талаб қилмайди.
&
Бухорий Шариф
01/10/2021 21:55
Биз Жасур Яҳшибоев ва Шериф учун муҳлислик қилдик. Гарчан ўзимиз ҳам Реал муҳлиси бўлсакда. Бу 4-тойифага бўлиниш диейлади.
Футбол Теоремасидан парча.
Бу Акциёма, яни исбот талаб қилмайди.