
"Yunired" bosh murabbiyi "Mash’al" bilan o‘yindan so‘ng: "Bu vaziyatni hakamlar qo‘mitasi ko‘rib chiqadi, deb umid qilaman"
Pro liga 17-turdan o‘rin olgan "Yunired" - "Mash’al" bahsi mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Bellashuvdan so‘ng samarqandliklar bosh murabbiyi Alisher Latipov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘yin juda qiyin bo‘ldi. "Mash’al"ga ham xuddi bizdek g‘alaba kerak edi. Buni biz yaxshi bilardik.
Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Ammo qo‘pol xatolar sabab bahsni yana boy berdik. Muborak klubini g‘alaba bilan qutlayman.
Uchrashuv avvalidagi vaziyatda qizil kartochka bor edi, menimcha. Buni hakamlar qo‘mitasi ko‘rib chiqadi, deb umid qilaman. Shunga qaramay, mag‘lubiyatda asosiy ayb o‘zimizda. Qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik va endi hakamlarni ayblashimiz ham to‘g‘ri emas", - dedi mutaxassis.
Fikrlar