
"Yuventus" 20 yoshli argentinalik himoyachi uchun "Jenoa"ga 20 mln evro to‘lashga tayyor
Avval xabar berganimizdek Turinning “Yuventus” klubi "Jenoa" himoyachisi Kristian Romeroni o‘z safiga qo‘shib olishga urunmoqda.
Football-Italia tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 20 yoshli argentinalik futbolchi uchun genuyaliklarga 20 mln evro taklif qilmoqchi. Qayd etish lozimki, turinliklar bundan avvalroq 15 mln evro bermoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, “Jenoa” Romeroni 25 mln evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli argentinalik futbolchi "Jenoa" safiga o‘tgan yilning yozida 1,65 million evro evaziga "Belgrano"dan kelib qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, Romero joriy mavsum “Jenoa” safida jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar