Barcha davrlarning eng yaxshi bokschilari reytingida Meyvezer etakchi, Mayk Tayson esa 73-o‘rinda

  • 11 avgust, 2017, 07:27
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Ikki vazn toifasining sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko BoxRec portali tomonidan tuzigan reytingga ko‘ra, barcha davrlarning eng yaxshi bokschilari TOP-20taligidan o‘rin olgan. Eslatib o‘tamiz, bokschi 3 avgust kuni professional faoliyatiga yakun yasagan edi. Ayni damda u ushbu reytingning 17-pog‘onasida bormoqda.

Mazkur ro‘yxatni besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezer borqarib borayotgan bo‘lsa, Rey Robinson, Archi Mur, Menni Pakyao, Bernard Xopkins kuchli beshlikka yakun yasagan.

“Boks qiroli” Muxammad Ali esa oltinchi o‘rin bilan kifoyalangan. Shuningdek, Alidan keyin reytingning yuqori qismida Xuliso Sezar Chaves (7), Jo Luis (8), Sem Lengford (9), Evander Xolifild (10), Roy Jons (11), Garri Uills (12), Roberto Dyuran (13), Oskar De La Xoyya (14), Garri Greb (15), Azuma Nelson (16), Karlos Monson (19), Marvin Xagler (24), Tomas Xirns (25), Jo Gans (26), Benni Leonard (29), Pernell Uitaker (35), Villi Pepp (36), Rey Leonard (37), Genri Armstrong (45), Larri Xolms (46), Jin Tanni (47), Lennoks Lyuis (53), Feliks Trinidad (60), Mayk Tayson (73) va boshqa bokschilar o‘rin olishgan.

O‘zbek bokschilari orasida esa Ruslan Chagaev (34-3-1) birinchi o‘rinda turibdi. Kuchli o‘nlikdan Artur Grigoryan (38-1-0), Quvonchbek Toyg‘onboev (31-6-0), Muhammadqodir Abdullaev (21-4-0), Timur Ibragimov (31-4-1), Qudratillo Abduqahharov (12-0-0), Bahodir Mamajonov (19-3-0), Azizbek Abdug‘ofurov(6-0-0), Alisher Rahimov (25-3-0) va Furqat Tursunov (25-5-1) o‘rin olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!