
Elnur Abduraimov ham taslim etildi. Kubaliklar hisobda oldinga chiqib olishdi
Dunyoning eng sara havaskor bokschilari o‘rtasidagi janglar davom etadi. Jahon Boks Seriyalari (World Series of Boxing) chorak final javob uchrashuvida ishtirok etish uchun Gavanaga tashrif buyurgan "Uzbek Tigers" jamoasi vakili Elnur Abduraimov "Cuba Domadores" a’zosi Lazaro Alvarezga qarshi ringga ko‘tarildi.
60 kg vazn toifasida o‘tgan ushbu jangning dastlabki raundida hamyurtimiz uch karra Jahon chempioniga qarshi munosib tarzda qarshilik ko‘rsata oldi. Biroq keyingi raundlarda bokschimiz imkoniyat darajasida harakat qila olmadi va kubalik bokschi jang so‘nggiga qadar ringda ustunlik qilib turdi.
Hakamlarning yakuniy qaroriga ko‘ra, ushbu bahs g‘olibi kutilganidek Kuba vakili bo‘ldi.
Umumiy hisob
"Cuba Domadores" 4:3 "Uzbek Tigers"
- O‘zbekistonlik Osiyo chempionlari "Cuba Domadores" vakillarini mag‘lub eta olmadi
-
Jang davomida ustunlik qilgan Bektemir Meliqo‘ziev mag‘lub etildi
-
Ronel Iglesias Riodagi mag‘lubiyat uchun Shaxram G‘iyosovdan revansh oldi
-
Osiyo chempioni Jasurbek Latipov Kubada mag‘lub etildi
-
WSB. Shaxram G‘iyosov Rioda taslim etgan raqibini qayta sinovdan o‘tkazadi
-
WSB. Elnur Abduraimov uch karra jahon chempionini mag‘lub eta oladimi?
-
WSB. Yosbani Veytia - Jasurbek Latipov qarama-qarshiligida kimni imkoniyati qanday?
Fikrlar