
Futbolchilarning antiqa jarohatlari
Futbol - kontaktli sport turi bo‘lib, o‘yin davomida qaysidir futbolchining jarohat olishi tabiiy xol. Ammo shunday futbolchilar ham borki, ular maydon tashqarisida kutilmaganda, juda ham antiqa bo‘lgan jarohatlarni orttirib olishgan va ayni shu sabab, jamoasining bir qancha o‘yinlarini o‘tkazib yuborishlariga to‘g‘ri kelgan.
Xalqaro Chempionlar kubogi turniri haqida
“Boka Xuniors”ning qimmatbaho sotuvlari
“Sevilya”ning qimmatbaho sotuvlari
Devid Jeyms
Jarohat sababi: Televizor
Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni o‘z uyida televizorni ko‘rish uchun pultni olishga enkaygan mahal unda ko‘pchiligimizga yaxshi tanish bo‘lgan bel og‘rig‘i tutib qoladi. Ushbu antiqa jarohat tufayli Jeyms ikki haftani o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri kelgan edi.
>>Ishsiz yurgan top murabbiylar
Darren Bent
Jarohat sababi: Buterbrod
Angliya termasining yana bir sobiq futbolchisi Darren Bent o‘z uyida anchagina og‘ir jarohatga mubtalo bo‘lgan edi. Gap shundaki, Bent buterbrod tayyorlashga kirishadi. U mayonez idishini pichoq bilan ochishga qaror qiladi. Bent esa beso‘naqay harakati tufayli qo‘lini kesib olgan edi.
>>Terma jamoada sovrin yuta olmagan 10 yulduz
Jerom Boateng
Jarohat sababi: Mahsulot solinadigan aravacha
“Bavariya” jamoasi himoyachisi samolyotda parvoz qilayotgan paytda ko‘ngilsiz hodisaga uchraydi. Boateng samolyotda ichimliklar to‘la aravachaga tizzasi bilan to‘qnashib ketadi va jamoasining kelgusi o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
>>“Real” akademiyasidan ham kuchli futbolchilar chiqadi
Karlo Kudichini
Jarohat sababi: Kuchukcha
“Chelsi” jamoasining sobiq darvozaboni Londondagi bog‘larning birida o‘zining kuchugi bilan sayr qilib yurgan edi. Kuchukcha bir nimani ko‘rib qoldi shekilli, tezda yugurib ketadi va uning egasi ham ortidan yugurishiga to‘g‘ri keladi. Natijada esa, darvozabon tizzasidan jarohat oladi va jarohatini operatsiya qildirishga to‘g‘ri kelgan edi.
>>“Tillari biyron” Pikedan o‘ziga xos iqtiboslar
Ever Banega
Jarohat sababi: Avtomobil
Argentina terma jamoasi va “Inter” futbolchisi “Valensiya” jamoasida to‘p surib yurgan mahallari avtomobiliga yoqilg‘i quyish maqsadida AYoQShga kiradi. Avtomobilining qo‘l tormozini tortib qo‘yishni unutgan futbolchi ko‘ngilsiz xodisaga duch keladi. Baneganing ulovi egasini turtib ketadi. Natijada, futbolchi katta va kichik boldirlarini sindirib olishi natijasida operatsiya stoliga yotishga majbur bo‘lgan edi.
Mixael Renzing
Jarohat sababi: Butsa bog‘ichari
2008 yilda “Bavariya”ning yosh darvozaboni Mixael Renzing butsalarining bo‘gichlarini bog‘lash uchun egilganida, uning bel qismi mushak paylarini cho‘zib olishi natijasida kichik jarohat oladi va jamoasining UEFA kubogidagi bir o‘yinini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar