Ham “Chelsi”, ham “MYu”da o‘ynagan futbolchilar
Bugun APLning 33-turi markaziy o‘yinida “Manchester Yunayted” va “Chelsi” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan har ikkala jamoa safida to‘p surgan futbolchilar bilan sizlarni tanishtirishga qaror qildik.
>>Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
>>Ham “Nasaf” ham “Lokomotiv”da to‘p surgan futbolchilar(Top-6)
>>Aduris TOP-9 likda yoxud “Atletik” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Mel Donaxi
“MYu”da – 1988-1992 yillar
“Chelsi”da – 1992-1994 yillar
80 yillar ohirida 650 ming funt evaziga sotib olingan irlandiyalik sobiq himoyachi “MYu” safida 4 yil faoliyat yuritadi va 35 yoshida o‘sha vaqtlarda o‘rtamiyona bo‘lgan “Chelsi” safiga kelib qo‘shiladi.
>>EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Rey Uilkins
“Chelsi”da – 1973-1979 yillar
“MYu”da – 1979-1989 yillar

“Chelsi” klubi akademiyasidan etishib chiqqan Uilkins jamoa oliy divizionni tark etgach, 800 ming funt evaziga “MYu”ga kelib qo‘shiladi.”Qizil iblislar” safida 160 ta bahsda maydonga tushgan Rey Angliya kubogi xamda Superkubogini qo‘lga kiritishga erishadi.
>>“Lion” – “Beshiktosh” o‘yiniga oid faktlar
Mark Bosnich
“MYu”da – 1989-1991 va 1999-2000 yillar
“Chelsi”da – 2000-2003 yillar

Avstraliyalik posbon “MYu”da zahira darvozaboni edi va ikki yil “mankunianlar” zahirasida o‘tirgan Bosnich, “Aston Villa”ga o‘tadiva u erdan to‘g‘ri “Old Trafford”ga qaytadi. Marko “Chelsi”dagi faoliyatini ham asosan zahira o‘rindig‘ida o‘tkazadi va “aristokratlar” libosida 7 ta o‘yin o‘tkazadi xolos.
Mark Xyuz
“MYu”da: 1980-1986 va 1988-1995 yillar
“Chelsi”da: 1995-1998 yillar

Uelslik sobiq hujumchi “MYu” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va Manchesterda jami 13 yil faoliyat yuritgan va 10 ta trofeyga ega chiqqan. “Chelsi”da esa Xyuz 3 yil to‘p suradi va jamoa bilan shuncha sovrinni qo‘lga kiritadi.
Xuan Seabastyan Veron
“MYu”da: 2001-2003 yillar
“Chelsi”da: 2003-2007 yillar

Veron Angliyada o‘zini yomon xis etdi chog‘i tumanli albiondagi faoliyati muvaffaqiyatsiz kechdi. Avvaliga “MYu”, so‘ngra “Chelsi”da o‘ynagan argentinalik yarim himoyachi “MYu”ga salkam 29 mln, “Chelsi”ga esa 15 mln funtga tushgan edi.
Xuan Mata
“Chelsi”da: 2011-2014 yillar
“MYu”da: 2014–hozirgacha

Londondagi dastlabki ikki mavsumda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Mata Mourino kelgach, undan “dod” deb, “MYu”ga kelgan edi. Taqdir xazilini qarangki, “Chelsi”da “chiqit”ga chiqqan nihoyat Mourinoning “tili”ni topgan ko‘rinadi.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
- EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Shahzod Xolboev tayyorladi



Fikrlar