Oliy ligada eng ko‘p gol urgan legionerlar TOP-12
O‘zbekiston chempionatining yakunlangan mavsumida "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov 22 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. XO‘sh xorijlik futbolchilar orasida eng ko‘p golni kim urdi? Quyida bu savolga javob topishingiz mumkin.
12. Vyacheslav Shevchenko ("Qizilqum") - 3 gol
Sheva mavsumda “Qizilqum" uchun 3 ta gol urdi. Vyacheslav ana shu gollarni 14 o‘yinda maydonga tushib kiritgan. Ukrainalik 31 yoshli hujumchi Oliy ligadagi uch yillik faoliyati davomida 6 ta marta raqib darvozaisni ishg‘ol qilgan.
11. Kaxi Maxaradze ("Lokomotiv") - 3 gol
Gruziyalik yarim himoyachi 6 yillik tanaffusdan so‘ng "Lokomotiv"ga qaytdi. 29 yoshli Maxaradze ushbu mavsumda 26 o‘yinda 3 ta gol urdi. U "Qo‘qon-1912"ga qarshi har ikki bellashuvda ham to‘p kiritgan.
10. Ognyan Krasich ("Nasaf") - 3 gol
Serbiyalik yarim himoyachi mavsumning birinchi qismini "Nasaf"da o‘tkazib 12 o‘yinda 3 ta gol urishga erishdi. 28 yoshli Krasich yozda o‘z yurtiga qaytib ketdi.
9. Evgeniy Gogol ("Olmaliq") - 3 gol
Olmaliqliklar himoyachisi yakuniga etgan mavsumda 27 uchrashuvda 3 ta golga muallif bo‘ldi. Rossiyalik 30 yoshli o‘yinchi "Qizilqum", "Qo‘qon-1912" va "Andijon" bilan o‘yinlarda gol urgan.
8. "Artur Gevorkyan ("Nasaf"/"Lokomotiv") - 3 gol
Gevorkyan birinchi davrani "Nasaf"da o‘tkazib 14 o‘yinda 2 gol urgan bo‘lsa, ikkinchi davrada "Nasaf" libosida 13 bellashuvda 1 ta to‘p urgan. 32 yoshli hujumchi oxirgi 6 yildagi eng past ko‘rsatkichini qayd etdi.
7. Arislanmurat Amonov ("Olmaliq") - 3 gol
"Olmaliq" hujumchisi 24 o‘yinda 3 marta raqiblar posbonlarini xafa qilgan. Turkmanistonlik 26 yoshli futbolchi ana shu gollarning ikkitasini "Navbahor"ga qarshi o‘yinlarda kiritgan.
6. Sato Minori ("Bunyodkor") - 5 gol
"Bunyodkor" futbolchisi Minori mavsumda 26 uchrashuvda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yaponiyalik yarim himoyachi "Olmaliq" va "Sho‘rtan"ga qarsh o‘yinlarda jamoasiga g‘alaba keltiruvchi gollarni urgan.
5. Oleksandr Pishur ("Navbahor") - 5 gol
Pishur birinchi davrada "Navbahor" jamoasi uchun 11 uchrashuvda 5 ta gol kiritdi. 34 yoshli ukrainalik hujumchi "Qo‘qon-1912" bilan bellashuvda "xet-trik" muallifiga aylangandi. Oleksandr ikkinchi davrada Qozog‘istonning "Taraz" jamoasiga o‘tib ketdi.
4. Igor Golban ("Navbahor"/"Nasaf") - 5 gol
Rossiyalik futbolchi birinchi davrada "Navbahor" libosida 14 o‘yinda 2 gol urgan bo‘lsa, ikkinchi davrada "Nasaf" tarkibida 14 bellashuvda 3 ta gol kiritdi. Golban Oliy ligadagi eng sermahsul himoyachilardan biriga aylandi.
3. Vadim Chemirtan ("Buxoro") - 7 gol
Moldovalik hujumchi davralar oralig‘ida "Buxoro" bilan shartnoma imzzoladi. 29 yoshli futbolchi mavsum davomida 10 uchrashuvda maydongaa tushib, 7 bora o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
2. Dragan Cheran ("Nasaf") - 12 gol
Ikkinchi davrada "Nasaf"ga kelib qo‘shilgan Cheran 13 uchrashuvda 12 ta golga mualliflik qildi. Serbiyalik hujumchi "Navbahor", "Metallurg" va "Neftchi" jamoalari bilan o‘yinlarda "dubl"ga erishgan.
1. Nemanya Yovanovich ("Andijon"/Qizilqum"") - 13 gol
Serbiyada tavallud topgan hujumchi 13 ta gol urdi va ushbu mavsumda Oliy ligada eng ko‘p gol urgan legionerga aylandi. 32 yoshli hujumchi birinchi davrada "Andijon" uchun 5 ta, ikkinchi davrada "Qizilqum" uchun esa 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Furqat Yusupov tayyorladi

Fikrlar