
O‘tgan kunning muhim yangiliklari bilan tanishing
Xabaringiz bor, ayni damda deyarli barcha sport muxlislarining diqqati “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqasiga qaratilgan.
Kechagi final janglarida besh nafar bokschimiz ringga ko‘tarilib, muxlislarga bir olam quvonch bag‘ishladi va 4 oltin medalni qo‘lga kiritish bilan birga Gamburg (Germaniya)da o‘tadigan jahon chempionatiga 10-yo‘llanmani ham qo‘lgi kiritishdi.
Kechagi kunning muhim yangiliklari:
Osiyo chempionatidagi ilk oltin medalni terma jamoamizga Murodjon Ahmadaliev olib keldi. >>Fotoreportaj
Elnur Abduraimov terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni olib keldi va ushbu vaznda tengsiz deb topildi. >>Fotoreportaj
Isroil Madrimov (75 kg) oltin medal bilan taqdirlandi. >>Fotoreportaj
Bektemir Meliqo‘ziev qozoq bokschini engib oltin medalni qo‘lga kiritdi. >>Fotoreportaj
Bokschimiz Sanjar Tursunov boks bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi
Boks. Medallar jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston yaqqol peshqadam
Shuningdek, futbol olamida legionerlarimiz o‘z jamoalari bilan navbatdagi g‘alabalarin qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari Oliy Liga 9-tur bahslarida “Qo‘qon-1912” va “Obod” jamoalari kuchli jamoalardan ochko tortib olishdi.
Fikrlar