“Real” Kardiffdagi eng arzon mehmonxonani tanladi. Boisi…

  • 31 may, 2017, 10:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi tunash uchun EChL finali bo‘lib o‘tadigan shahar Kardiffdagi eng arzon mehmonxonani tanladi. Aniqrog‘i “Mercure Cardiff Holland House Hotel and Spa” nomli 4 yulduzli mehmonxonani madridliklar o‘yin bo‘lib o‘tadigan stadionga yaqin joylashganligi sabab tanlashgani aytilmoqda. Mazkur mehmonxonaning eng arzon nomeri 80 evroni tashkil etar ekan.

“Borussiya Dortmund” bilan bo‘lgan noxush xodisa boshqa yuzaga kelmasligi uchun “Real” rahbariyati xavfsizlikni ta’minlash maqsadida stadionga 2 km yaqinlikdagi ushbu mehmonxonani afzal bilishgan.

Qayd etish  joiz, “Real” o‘gan yili Milan shahrida ham 4 yulduzli mehmonxonani tanlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!