Zidan final uchun 25 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ertaga bo‘lib o‘tadigan Evropa Chempionlar ligasi finalida “Yuventus”ga qarshi o‘yin uchun 25 nafar futbolchini qaydnomaga kiritdi. Bu haqda “qirollik klubi”ning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Quyida ular bilan tanishtiramiz.
Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Ruben Yanes.
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Pepe, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Fabiu Koentrau, Danilo.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Xames Rodriges, Kasemiro, Mateo Kovachich, Luka Modrich, Marko Asensio, Isko, Enzo Zidan.
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Mariano, Alvaro Morata.
Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan 23.45 da start oladi.

Fikrlar