A Seriya klubi: Shomurodov zo‘r o‘yinchi, lekin bizga o‘z ixtiyori bilan o‘tishi muhim!

  • 2 dekabr, 2022, 12:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya jamoalari tarkibini kuchaytirish maqsadida o‘zlariga mos o‘yinchilarni qidirmoqda. Mavsum boshlanganidan beri A Seriyada birorta g‘alabaga erisha olmagan “Kremoneze” vaziyatni o‘nglash uchun yanvardan boshlab, yangi futbolchilarni olishni rejalashtirmoqda.

Oliy diviziondagi joyini saqlab qolishga intilayotgan jamoaning sport direktori  Simon Jiachchetta jurnalistlar bilan uchrashuvda klub rejalarining transfer bozoridagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Suhbat chog‘ida gap “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovga borib taqaldi.

1152a7694e4cbf91b44e037e958f7724-e1668026955428

- Biz hujum, maydon markazi va himoya chizig‘imizni mashg‘ulotlar va aniq maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarimiz evaziga rivojlantirishni istaymiz. Biz asosiy tarkibni mustahkamlashimiz lozim.

Birinchi g‘oya – maqsadimizni qanday amalga oshirishni aniqlab olishdan iborat. Italiyalik va xorijlik futbolchilar bilan qay tarzda ish olib borishni bilib olishimiz talab etiladi.

Nishonimizda Janluka Gaetano bor. Lekin “Napoli” uchun u juda qadrli futbolchi. Imkon topilsa, biz uni mamnuniyat bilan kutib olardik. Lekin “Napoli”dan bu borada birorta xabar kelgani yo‘q.

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov o‘ziga xos va juda yaxshi sifatlarga ega. Lekin u keladigan bo‘lsa, o‘z ixtiyori bilan jamoamizni tanlashi kerak bo‘ladi. Yo‘limiz juda mashaqqatli va bu jarayon kuchli ishtiyoqni talab etadi. 

Biz 4 yanvarda chempionat doirasida “Yuventus”ga qarshi uchrashuvgacha yangi futbolchilarni olishga harakat qilamiz. Eng asosiysi esa, butun jamoa mavsumni davom ettirishga tayyor bo‘lishi kerak, - dedi Simon Jiachchetta.

Eldor Shomurodov “Roma”da etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Joze Mourino avgust oyidan beri uni atigi sakkiz marta maydonga tushirdi. Eldor shundan faqat bitta uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi.

Hozircha hamyurtimiz hisobida sakkizta o‘yinda kiritilgan bitta to‘p bor xolos. Qishki transferlar vaqtida Shomurodov boshqa jamoaga ijaraga o‘tishi kutilmoqda. Italiyaning bir necha klublari unga ish taklif qilishga tayyor.

Italiya matbuotining yozishicha, “Kremoneze”dan tashqari, “Montsa”, “Sampdoriya”, “Torino”, “Bolonya” qishki transferlar vaqtida “Roma” bilan Shomurodov ijarasi bo‘yicha muzokaraga kirishishga tayyor.

Demak, qishki transferlar mavsumini diqqat bilan kuzatamiz. Shomurodovning faoliyatida yangi sahifa ochilish ehtimoli katta.

sassuolo-roma-shomurodov

Muhimi, legionerimiz ketgan taqdirda ham, Rimni quruq tark etmaydi. U o‘tgan mavsum ilk bor o‘tkazilgan Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqqan va Evropadagi faoliyati davomida birinchi marta sovrin egasiga aylangan edi.   

Shomurodovga xaridor jamoalar ro‘yxati e’lon qilindi. Yaxshi klublar bor!

Futbolchimiz kerak bo‘lsa, Shomurodovga almashamiz!

Shomurodov Yaponiyaga keldi!

Rossiya futbolchilari O‘zbekistonning kuchiga qanday baho berdi?

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

Shomurodov ustozini Italiyaga chaqiryapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!