Abbosbek Fayzullaev og‘ir yukni elkasiga olyapti!

  • 15 dekabr, 2023, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi bir necha oy ichida Abbosbek Fayzullaevning faoliyatida keskin o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Avgust oyida “Paxtakor”ni tark etib, Moskvaning TsSKA jamoasiga o‘tishdek mas’uliyatni qarorni qabul qilgan yosh futbolchimiz Rossiya Premer-ligasining haqiqiy kashfiyotiga aylandi.

2023_10_29_057

Rossiya Premer-ligasida qishki tanaffus e’lon qilindi. Mutaxassislar ayni paytda chempionatning birinchi qismini tahlil qilish bilan band.

Ularning aksariyati musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi, eng yorqin kashfiyoti kabi me’yorlar bo‘yicha o‘yinchi tanlashda Fayzullaevning nomzodiga to‘xtalmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga rossiyalik ekspertlarning legionerimiz haqidagi fikr-mulohazalarini havola etadi.

Ivan Taranov, TsSKAning sobiq futbolchisi:

Abbosbek Fayzullaev o‘zini ko‘rsatyapti va ko‘nchilik aynan u haqida gapiryapti. Abbosga ofarin, deymiz. Chunki u TsSKAning aksariyat o‘yinlarida og‘irlikni o‘z elkasiga olmoqda.

Yaqinda uni dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasiga kiritishdi. Bu uning birinchi zo‘r mavsumi. Dastlabki muvaffaqiyatli mavsumida bunday yirik sovringa da’vogarlar qatoriga kiritilishi biroz tushunarsiz.

Lekin men uning xalqaro turnirlarni qanday o‘tkazganini bilmayman, buni kuzatmaganman.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasida futbolni yaxshi tushunadigan va biladigan  mutaxassislar ishlaydi. Ular hech kimni bejizga da’vogarlar ro‘yxatiga qo‘shmaydi. Shunday ekan, Fayzullaevning nomi kiritildimi, demak u bu sovringa munosib.

Maksim Demenko, “Krasnodar”, “Zenit” va “Spartak”ning sobiq futbolchisi:

Shaxsan men Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti sifatida TsSKA futbolchisi Abbosbk Fayzullaevni tan olaman. Bu yigitcha, hoo‘irgi yoshida o‘zida jamlagan sifatlari, ko‘rsatayotgan o‘yini bilan meni hayratga soldi.

U Rossiya chempionatiga yaxshi kirishib ketdi. Abbos tezkor, engil va harakatchan. 20 yosh bo‘lishiga qaramay, etuk futbolchilar uchun zarur bo‘lgan etakchilik qobiliyati shundoq ko‘rinib turibdi.

Bu legioner jamoaga yaqinda kelgan bo‘lsa-da, TsSKA o‘yiniga juda katta ta’sir o‘tkazmoqda. Biz uning o‘yinlarini bir necha oydan beri kuzatyapmiz va Fayzullaevni hech qaysi futbolchiga qiyoslash niyatim yo‘q.

Abbosbek juda aqlli futbolchi va “armiyachilar”ning aksariyat hujumchilari aynan uning yordamida tashkil etilayotgani ham shundan.

volga (2)_1

Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullaev 2023 yil davomida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Osiyo chempionati g‘olibi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, mazkur terma jamoa Argentinada o‘tkazilgan jahon chempionatida yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatdi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi Abbosbek Fayzullaevni 2023 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasi bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan 26 futbolchi nomi kiritilgan ro‘yxatda qayd etdi.

Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!

Olti karra Rossiya chempioni bo‘lgan “paxtakorchi”: Fayzullaev menga o‘xshamaydi!

Rossiya klubi o‘zbek futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Ranerining Shomurodov haqidagi gaplari rost chiqdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rescara
15/12/2023 19:12
Админлар каналгаям кирмидиган килиб куйвоссила. Жонга тегдику реклама чиквуриб. 5 бармокни огзилага тиквормела
&
Рахим
16/12/2023 11:30
Аббос бос бос